Ballistik raketa 4500 kilometrga yaqin masofani bosib ötdi va Tinç okeaniga quladi. Agarda u boşqa yönaliş böylab uçganida Amerikaning Guam oroligaça yetib bora olardi.
Bu Şimoliy Koreyaning 2017 yildan buyon Yaponiya ustidan uçirgan birinçi raketasidir.
Yaponiya hukumati aholini ogohlantirdi, ayrimlarga boşpanalarga yaşiriniş tavsiya qilindi.
BMT rezolyutsiyalarida Pxenyanga ballistik raketa va yadro quroli sinovini ötkaziş taqiqlangan. Boşqa mamlakatlarga qarata yoki ularning hududlari ustidan heç qanday ogohlantirişsiz yoki maslahatlaşuvlarsiz raketa uçiriş ham xalqaro me’yorlarga zid.
Aksariyat mamlakatlar bunday parvozlarni aslo amalga oşirmaydi, çunki bu hujum deb qabul qilinişi mumkin.
Xabarlarga köra, Hokkaydo oroli va Aomori şahri aholisi sirenalar tovuşidan uyğonib ketdi va quyidagi mazmunda matnli xabar oldi: «Şimoliy Koreya raketa uçirdi. Iltimos, evakuatsiya qiling yoki yertölalarga tuşing».
Raketa Yaponiya uzra parvoz qilayotgan vaqtda fuqarolarga uning parçalari tuşişi ehtimoliga tayyor turiş tavsiya qilindi.
Keyinroq rasmiy şaxslar örta masofaga möljallangan ballistik raketa Tinç okeaniga tuşganini bildirdi.
Raketa Şimoliy Koreyaning avvalgi barça raketalaridan uzoqroq masofaga uçdi va qariyb 1000 km balandlikka kötarildi – bu Xalqaro kosmik stansiya orbitasidan balandroq.
Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida uşbu parvozni «tajovuzkorona harakat» deb atadi, mudofaa vaziri Yasukazu Hamada Yaponiya öz mudofaasini kuçaytirişdan, jumladan, qarşi hujum ehtimolidan boşqa variantni körmayotganini aytdi.
AQŞ milliy xavfsizlik kengaşi vakili Edriyenn Uotson bu holatni «mintaqani beqarorlaştirgan xavfli va nooqilona qaror» deb baholadi.
Yaponiya, AQŞ va Janubiy Koreya birgalikda KXDRdan keladigan xavfga javob sifatida mudofaani mustahkamlaş ustida işlamoqda.
Ötgan haftada uç mamlakat 2017 yildan beri ilk marta qöşma harbiy-dengiz maşğulotlarini ötkazdi. Bunday maşğulotlar ançadan buyon Kim Çen Inning noroziligiga sabab bölib keladi. U buni duşmanlarining uruşga tayyorlanişiga dalil deb hisoblaydi.
2017 yildagi maşğulotlardan söng Pxenyan javob sifatida Yaponiya ustidan ikkita raketa uçirgan, bir haftadan keyin esa yadroviy sinovni ötkazgandi.

Razvedka ma’lumotlariga köra, Şimoliy Koreya yana bir yadroviy sinovni ötkazişga tayyorlanmoqda.
Tahlilçilar taxmin qilişiça, Pxenyandagilar Şimoliy Koreyaning asosiy ittifoqçisi – Xitoy kommunistik partiyasining oy oxirida Pekinda bölib ötadigan qurultoyi yakuniga yetişini kutmoqda.
Ammo ayrim ekspertlar yangi sinov kutilganidan oldinroq ötkazilişi mumkinligi haqidagi savolni bermoqda – ular seşanba kungi parvoz Şimoliy Koreya yadroviy sinovlar uçun zamin tayyorlayotganidan darak beradi deb hisoblamoqda.
Bu Şimoliy Koreya raketalarining bir hafta içida beşinçi marta uçirilişi. Şanba kuni ikkita raketa Yaponiya iqtisodiy hududi taşqarisiga tuşgandi.
Qoidaga köra, Şimoliy Koreya raketalari qöşni mamlakatlar hududidan baland va uzoqqa ketadigan yönalişda harakatlanadi.
Ammo ballistik raketaning Yaponiya orollari ustidan uçib ötişi Şimoliy Koreya olimlariga harbiy harakatlar vaqtidagiga öxşaş şaroitlarda sinovlar ötkaziş imkonini beradi, dedi tahlilçi Ankit Panda.
Sentyabrda Şimoliy Koreya yadroviy davlat deb e’lon qilindi, KXDR rahbari Kim Çen In esa denuklearizatsiya borasida muzokaralar ötkazilmasligini aytdi.
Pxenyan 2016 yildan 2017 yilgaça oltita yadroviy sinov ötkazgan, buning uçun keng miqyosdagi sanksiyalar ostida qolgan.
Ammo Kim Çen In yadroviy va raketa sinovlariga qöyilgan taqiqlarni rad etib keladi. Uning ta’kidlaşiça, sinovlar mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlaş uçun zarur.












