Vazirlar Mahkamasining “Umumiy örta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy işlar samaradorligini oşiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Konsepsiya prezidentning “Xalq ta’limini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq işlab çiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:
- maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarni mazmunan yangi bosqiçga kötariş;
- maktab öquvçilari kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş, ma’naviy kuç va milliy iste’dodlarni saqlaş;
- harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini tarğib etiş, örganiş;
- uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuçaytiriş;
- öquvçilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalaş jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlaş.
Hujjat bilan umumiy örta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş konsepsiyasini amalga oşiriş yuzasidan “yöl xaritasi” tasdiqlandi.












