
Amerikalik iqtisodçilar Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dibvig iqtisod yönalişida Nobel mukofotini qölga kiritdi. Ular banklar va moliyaviy inqirozlar mavzusida tadqiqotlar ötkazgan.
Nobel qömitasi xabarida aytilişiça, ularning tadqiqotlari moliyaviy inqirozlarga qarşi kuraşiş, iqtisoddagi banklarning örnini yanada aniqroq tuşunişga yordam beradi. Ularning tadqiqotida banklar inqirozga uçraşiga yöl qöymaslik juda muhim ekani haqida söz boradi.
Mukofot olganlardan biri bölmiş Ben Bernanke 8 yil davomida AQŞ Markaziy bankini boşqargan. U 1930-yillardagi Buyuk iqtisodiy depressiya jarayonini örganib tadqiqotlar ötkazgan.











