DW xabariga köra, laureatlar 30-sentabr kuni eʼlon qilingan. GYLA bilan birga pokistonlik huquq himoyaçisi Jalila Haydar, Janubiy Afrikadagi Rural Womenʼs Assembly tarmoği va amerikalik sunʼiy intellekt tadqiqotçisi Timnit Gebru ham mukofotga sazovor bölgan.
Right Livelihood mukofoti 1980-yildan buyon Stokholmda eng dolzarb muammolarga amaliy va namunaviy yeçimlar taklif qilayotgan şaxslar hamda taşkilotlarga berib kelinadi.
GYLA qanday taşkilot?
Gurjiston yoş yuristlar assotsiatsiyasi 1994-yilda, mamlakat mustaqillikka erişganidan köp ötmay taşkil etilgan. U Gurjistondagi dastlabki huquqni himoya qiluvçi nodavlat taşkilotlardan biri hisoblanadi. 2025-yil 22-dekabrdan buyon assotsiatsiyaga Tamar Oniani rahbarlik qilmoqda.
Taşkilotning asosiy vazifalari inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda soğlom huquqiy muhit yaratişdan iborat. GYLA fuqarolarga bepul yuridik yordam körsatadi, ularning manfaatlarini milliy va xalqaro sudlarda himoya qiladi.
Assotsiatsiya saylovlar va parlament faoliyatini ham kuzatadi. Şuningdek, davlat öz majburiyatlarini, jumladan, Gurjiston Konstitutsiyasining 78-moddasida belgilangan Yevropa integratsiyasiga oid vazifalarini qanday bajarayotganini nazorat qiladi.
DW maʼlumotiga köra, Human Rights Watch 2026-yilda GYLAʼni mamlakatda huquqiy himoya sohasidagi yetakçi taşkilotlardan biri deb atagan.
Dastlab assotsiatsiya yoş yuristlar va huquqşunoslik fakultetlari talabalarini birlaştirgan. Hozir esa unda Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi va BMT tuzilmalarida murakkab işlar bilan şuğullanadigan tajribali mutaxassislar ham faoliyat yuritadi. Taşkilot tanilib ulgurgan dastlabki nomini saqlab qolgan.
Bahsli qonun va Yevropa sudiga şikoyatlar
GYLAʼning muhim faoliyat yönalişlaridan biri - mahalliy hokimiyat harakatlari yoki milliy sudlar qarorlaridan norozi bölgan jismoniy va yuridik şaxslarga Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga murojaat qilişda yordam beriş.
Assotsiatsiya Gurjiston parlamenti 2024-yil mayida qabul qilgan «Xorijiy taʼsirning şaffofligi töğrisida»gi qonunga qarşi jamoaviy şikoyatning asosiy muvofiqlaştiruvçisi bölgan. Qariyb 140 arizaçi nomidan tayyorlangan şikoyat 2024-yil oktabrida Yevropa sudiga kiritilgan. Işda Yevropa kengaşining inson huquqlari böyiça komissari va Venetsiya komissiyasi uçinçi tomon sifatida qatnaşgan.








