Naked Science tayyorlagan reyting Nobel taşkilotining oçiq maʼlumotlar bazasiga asoslangan. Hisob-kitobda mamlakatlarning hozirgi çegaralari inobatga olingan, laureatlarning fuqaroligi yoki qaysi davlatda işlagani esa hisobga kiritilmagan.
Eng köp laureat tuğilgan mamlakatlar quyidagiça:
AQŞ - 300 nafar;
Buyuk Britaniya - 111 nafar;
Germaniya - 86 nafar;
Fransiya - 65 nafar;
Yaponiya - 31 nafar;
Şvetsiya - 30 nafar;
Rossiya - 29 nafar;
Polşa - 28 nafar;
Kanada - 23 nafar;
Niderlandiya va Italiya - 20 nafardan.
Oxirgi poğonada ikki mamlakatning natijasi teng bölgani uçun röyxatga jami 11 ta davlat kiritilgan.
17-oktabr holatiga köra, oçiq bazada 1000 nafar inson va 28 ta taşkilot haqida maʼlumot bölgan. Reytingga faqat insonlar kiritilgan va har bir laureat bir marta hisoblangan. Masalan, Mariya Kyuri, Jon Bardin yoki Frederik Sengerning ikki marta mukofot olgani ularni röyxatda ikki kişi sifatida hisoblaşga asos bölmagan.
Tuğilgan joyga asoslangan yondaşuv fuqarolik yoki universitetlar böyiça tuzilgan reytinglardan farq qiladi. Masalan, 2026-yilda fizika böyiça mukofot olgan Frensis Halzen AQŞda işlasa-da, Belgiyada tuğilgani uçun uşbu mamlakat hisobiga qöşilgan.
Sobiq imperiyalar va SSSR hududida tuğilgan laureatlar ham tuğilgan joyi hozir qaysi davlat tarkibida ekaniga qarab taqsimlangan. Buyuk Britaniya natijasiga bazada mamlakat nomi United Kingdom, Scotland yoki Northern Ireland deb körsatilgan yozuvlar birlaştirilgan.
2026-yilgi ön nafar yangi laureatning uç nafari - Karl Deysserot, Robert Xoll va Maykl Vudford AQŞda tuğilgan. Peter Hegeman va Georg Nagel Germaniyada tuğilgan bölsa, Belgiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va Janubiy Afrika hisobiga bittadan yangi laureat qöşilgan.








