Bu Rossiyaning yirik raketa hujumidan keyin energetika tizimini barqarorlaştiriş uçun zarur. Idoraning aniqlik kiritişiça, elektr nimstansiyalari öqqa tutilgani sababli, issiqlik generatsiya qiliş tizimi zararlangan.
Vazirlik Ukrainadan elektr energiyasi eksporti Yevropaga Rossiya gazini almaştiriş imkonini berganini, şuningdek, Yevropa energetika tizimining barqarorligini qöllab-quvvatlaganini ma’lum qildi.
«Bugungi raketa hujumlari elektr nimstansiyalariga zarba berdi va issiqlik generatsiya qiliş tizimiga zarar yetkazdi. Bu esa Ukrainani öz energiya tizimini barqarorlaştiriş uçun 2022 yil 11 oktyabrdan boşlab, elektr energiyasi eksportini töxtatişga majbur qildi», — deyiladi bayonotda.
«Ukrainadan elektr energiyasi eksporti Yevropaga Rossiya energiya resurslarini iste’mol qilişni kamaytirişga yordam berdi. Şu sababli, Rossiya bizning energetika tizimimizni vayron qilmoqda, Ukrainadan elektr energiyasini eksport qiliş imkoniyatini yöq qilmoqda», - dedi Ukraina energetika vaziri German Galuşçenko.
Ukrainaning «Ukrenergo» elektr uzatiş tizimi operatori mart oyidan Polşaga, may oyidan esa Moldovaga eksport qilişni boşlagan, 30 iyun kuni Ruminiya bilan, 7 iyuldan Slovakiya bilan elektr energiyasi savdosi yölga qöyilgan edi.
10 oktabr kuni ertalab Ukraina hududi Rossiyadan raketa hujumlariga uçradi. Kiyev, Jitomir viloyati, Odessa va Xarkiv şaharlari öqqa tutildi. Ukraina rasmiylariga köra, 5 kişi halok böldi, 30 dan ortiq kişi jarohatlandi, 11 ta muhim infratuzilma obekti şikastlandi. Ukrainaning bir qança viloyatlarida elektr energiyasi va suv ta’minotida uzilişlar kuzatildi.













