“Taşabbusli budjet”ning bu yilgi 2-mavsumida 2 mingdan ortiq ovoz töplagan loyihalarning hammasi moliyalaştiriladigan böldi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kungi yiğilişda körsatma berdi.
Topşiriqqa köra, ğolib deb topilgan 1418 ta loyihaga qöşimça ravişda, har biri 2 mingdan ortiq ovoz töplagan, lekin ğolib deb topilmagan 364 ta loyiha uçun respublika budjetidan 335 mlrd söm ajratiladi.
Qöşimça ğolib deb topilgan 364 ta loyihaning 110 tasi maktablar, 113 tasi mahallalardagi içki yöllar, 49 tasi şifoxonalar, 16tasi boğçalarni ta’mirlaş va jihozlaşga oid.
Natijada, 2-mavsum uçun ajratilgan jami mablağlar miqdori 1,3 trln sömni taşkil etib, mavsum doirasida ğolib deb topilgan loyihalar soni 1782 taga yetadi.

Şu bilan birga, 200 dan ortiq aholi qöllab-quvvatlagan mahalla şifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarni jihozlaşga kelgusi yilda qöşimça 200 milliard söm ajratiladi. Bu orqali 195 ta loyiha doirasida 600 ta mahalla aholisi qamrab olinadi.
Yana bir muhim yangilik: 2023 yildan boşlab mahallalardagi infratuzilma uçun mablağlar faqatgina “Taşabbusli budjet” orqali, aholi ovoz bergan loyihalarga ajratiladi.
Buning uçun “Taşabbusli budjet”ga joriy yilga nisbatan 3,5 barobar köp (8 trln söm) mablağ ajratiladi. Bunda “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari uçun ajratilişi közda tutilgan mablağlar ham fuqarolar tomonidan ilgari surilgan loyihalarga yönaltiriladi.
“Şunda öğrilik bölmaydi, adolat böladi, odamlar özlari hissa qöşgan loyihalarni albatta asrab-avaylaydi”, dedi prezident.

Odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni köproq hal etiş maqsadida 2023 yildan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar budjeti qöşimça mablağlarining 30 foizi ham fuqarolar fikri asosida yönaltiriladigan böldi. Bungaça bunday talab faqat tuman-şaharlar budjetiga taalluqli edi.
Boşqaça aytganda, endi nafaqat tuman-şaharlar, balki viloyatlar budjetidagi qöşimça mablağlarning ham kamida 30 foizini qayerga işlatişni mahalliy aholi hal qiladi.
Eslatib ötamiz, prezident ötgan hafta sirdaryolik faollar qarşisidagi çiqişida ham “Taşabbusli budjet” haqida gapirgan edi.
“Tasavvur qilinglar, har bir bergan pulimizni oçiq budjet bölib odamlarning özi tasdiqlasa qanday yaxşi bölardi. Ön karra köp adolat bölardi”, – degandi Şavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlaş kerakki, “Taşabbusli budjet” loyihasi orqali joylarda odamlar uyuşgan holda öz hududidagi muammolarni hal etiş uçun ovoz yiğib, pul ajratilişiga erişmoqda. Ya’ni soliq tölovçilar özlari tölagan soliqlardan yiğilgan pullar qayerga işlatilişini hal qilişda iştirok etyapti.
Ğolib çiqqan mahallalar öz ğalabasini katta xursandçilik, karnay-surnay va muşaklar bilan nişonlaşi odat tusiga kirib boryapti.
Mol-mulk va yer soliğini undiriş va tasarruf qiliş vakolati mahallalarga ötkazilişi mumkin











