Dyson kompaniyasi Gen5detect çangyutgiçini taqdim qildi. Işlab çiqaruvçi bayonotiga köra, u mikrozarralar va COVID-19 kabi viruslarning molekulalarini sörib oliş xususiyatiga ega bölgan dunyodagi birinçi maişiy texnika hisoblanadi.
Bu xususiyatga çangyutgiçning noyob dizayni va 0,1 mikrongaça bölgan zarraçalarni uşlab qoliş xususiyatiga ega HEPA-filtr örnatilgan germetik rezervuari tufayli erişilgan. Dvigatelning öziga xos joylaşuvi çiqindi bölimiga kirgan havo töliq tozalanganidan söng taşqariga çiqarib yuborilişini ta’minlaydi.
Gen5detect daqiqasiga 135 ming marta aylanadigan dvigatelga ega. Uning akkumulyatori 70 daqiqa davomida uzluksiz işlaşi mumkin. Çiqindi idişining hajmi 0,77 litr, çangyutgiçning oğirligi esa 3,5 kg.
Yangi çangyutgiç qaçon sotuvga çiqişi va uning narxi qança bölişi haqida xabar berilmagan.











