Yevropa kengaşi parlament assambleyasi (YeKPA) Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi kuçayganini qoralovçi rezolyutsiya qabul qildi va Yevropa davlatlarini Rossiyadagi hukmron rejimni «terrorçi» deb tan olişga çaqirdi. Hujjat loyihasi va taklif etilayotgan tuzatişlar taşkilot veb-saytida e’lon qilingan.
Rezolyutsiyani 100 iştirokçidan 99 nafari qöllab-quvvatladi, deb yozdi Ukraina delegati Oleksiy Gonçarenko Twitter'da.
YeKPA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi Yevropaga Ikkinçi jahon uruşidan beri boşidan keçirmagan azob va halokat olib kelganini qayd etadi. «Agressiya davom etar ekan, zöravonlik va vayronagarçilikning yangi darajalariga yetib borar ekan, Rossiya rejimi özining haqiqiy terroristik mohiyatini yana bir bor tasdiqlamoqda, eng asosiy inson huquqlari va xalqaro huquq asoslarini buzmoqda», deyiladi rezolyutsiyada. Uning yakuniy matni hali e’lon qilinmagan, biroq 11.6-bandga Rossiyani «terroristik rejim» deb e’lon qiliş töğrisidagi tuzatiş köpçilik ovoz bilan qabul qilingani ma’lum: unga YeKPAning 79 a’zosi ovoz berdi, ikkitasi qarşi çiqdi, biri betaraf qoldi.
Bundan taşqari, «ilgari Ukraina va boşqa mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz qiluvçi noqonuniy qarorlar uçun ovoz bergan Rossiya siyosiy partiyalarini terrorizmni tarğib qiluvçi guruhlar va taşkilotlar deb tan olişni» talab etuvçi tuzatiş qabul qilindi. Katta ehtimol bilan, birinçi navbatda, gap «DXR», «LXR», Zaporijjya va Xerson oblastining yaqinda annexia qilingani, şuningdek, 2014 yilda Qrimning annexia qilingani haqida bormoqda.












