Möğuliston hukumati safarbarlikdan qoçgan holda mamlakatga kelgan Rossiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlaş ustida işlamoqda. Bu haqda 14 oktyabr, juma kuni DW naşriga bergan intervyusida Möğuliston boş vaziri Oyuun-Erdene Luvsannamsray ma’lum qildi.

U Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan keyin minglab rossiyaliklar Rossiya va Möğuliston örtasidagi quruqlik çegarasini kesib ötganini tasdiqladi. «Möğulistonga köplab ruslar va möğul etnik guruhiga mansub rus buryatlari keldi. Bizning amaldagi qonun va qoidalarimizga köra, siz Möğulistonda 30 kun qolişingiz va bu qoliş muddatini yana 30 kunga uzaytirişingiz mumkin. Hukumatimiz ularning xavfsizligini ta’minlaş ustida işlamoqda, odamlar uşbu huquqiy asoslar doirasida», - deya ta’kidladi Möğuliston boş vaziri.

«Vaziyat keskinlaşganda, boşqa davlatlar ham xuddi şunday muammoga duç keladi», deb ogohlantirdi Luvsannamsray va tinçlikka erişiş uçun muzokaralar olib borişga çaqirdi.

12 oktyabr kuni BMT Boş assambleyasi Rossiyaning Ukraina törtta hududini annexia qilganini qoralovçi va Rossiya ötkazgan soxta referendumlarni tan olmaydigan rezolyutsiyani köpçilik ovoz bilan qabul qildi. 143 davlat vakillari uşbu hujjatni qöllab-quvvatladilar, Rossiyaning özi, Belarus, Suriya, Şimoliy Koreya va Nikaragua bunga qarşi çiqdi, yana 35 davlat, jumladan Möğuliston betaraf qoldi.

Nima uçun uning mamlakati Boş assambleya rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlamaganligi haqida söralganida, Oyuun-Erdene Luvsannamsray Ulan-Bator «boşidanoq davlatlar öz masalalarini tinç yöl bilan bir-biriga minimal zarar yetkazgan holda hal qilişi kerak bölgan pozitsiya va siyosatga sodiq qolganini» aytdi.

«Bizning nuqtayi nazarimiz şuki, bu uruşni çözmasdan, masalaga tinç yöl bilan yondaşgan ma’qul. Çunki uruş davom etar ekan, dunyodagi har bir davlat buning uçun tölaydi va azob çekadi», - dedi boş vazir va zarar rivojlanayotgan mamlakatlar uçun ayniqsa jiddiy bölişini qöşimça qildi.

«Albatta, bu qiyin vaziyat. Ammo bugungi kunda insoniyatning boşqa çorasi yöq», - dedi Luvsannamsray, agar Putin «şunçaki gaplaşib olinganidan söng» fikrini özgartirişi mumkinligiga işonasizmi, degan savolga.

Möğuliston hukumati rahbarining sözlariga köra, «muzokaralar uçun kamida bir foiz imkoniyat mavjud bölsa ham, undan foydalaniş kerak». Bunda asosiy rolni, uning fikriça, Germaniya va Xitoy öynaşi kerak.

«Ba’zilar uruş bölmaydi deb öylaşgandi, lekin şunday böldi. Endi biz yadroviy qurollarni muhokama qiliş nuqtasiga keldik. Kimdir ulardan foydalanadi deb öylaydi, kimdir işlatmaydi deb öylaydi. Bunday qurollardan foydalaniş - hazil emas. Ular inson zotini yöq qilişi mumkin», dedi Oyuun-Erdene Luvsannamsray. «Unda iqtisodiy ösiş, qayta tiklanadigan energiya va yerdagi hayotimizni uzaytiriş haqidagi har qanday gap-söz befoyda böladi», — deya xulosa qildi u.