Janubiy Koreyaning Hyundai avtomobil işlab çiqaruvçisi Rossiyadagi zavodini sotiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda 18 oktyabr, seşanba kuni Janubiy Koreyaning Dong-a Ilbo gazetasi vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib ma’lumot berdi.
Naşrning yozişiça, korporatsiya yaqinda rahbariyatga Rossiyadagi mavjud vaziyat va rivojlaniş istiqbollari tahlilini taqdim etgan. Hisobotda, şuningdek, moliyaviy faoliyatni amalga oşiriş uçun qiyin şaroitlarda Rossiyadagi zavodning sotilişi oqibatlari röyxati ham kiritilgan.
Hyundai hozirça xabarlarga izoh bermadi. Zavod Sankt-Peterburg yaqinida, Sestroretsk yonida joylaşgan. Yaqinda kompaniya Rossiyada «muvaffaqiyatli işning ön yilligi»ni nişonladi. Zavodning yubiley yilida Hyundai hatto Hyundai Solaris'ning «10 yil» maxsus seriyasini taqdim etdi.
Korporatsiya korxonani işlab çiqariş böyiça Rossiyadagi ikkinçi yirik avtomobil zavodi deb atadi. Uning qurilişi va yanada rivojlanişiga investitsiyalar 1 milliard dollardan ortiqni taşkil etdi. Zavodda 2600 ga yaqin mutaxassis işlagan. Konveyyer yiliga 200 ming dona avtomobil işlab çiqargan (kompaniyaning jahon işlab çiqariş quvvatining qariyb 4 foizi).
Hyundai mart oyida Sankt-Peterburgdagi işini töxtatdi.
Ötgan hafta Yaponiyaning Nissan Motor Co Ltd kompaniyasi Rossiyadagi biznesini davlat korxonasiga 1 yevroga ötkazişini va taxminan 687 million dollar (699 million yevro) miqdorida zarar körişini ma’lum qildi.













