Xerson oblastining okkupatsion hukumati Xersonni tark etib, Dniproning çap qirğoğiga köçyapti. Bu haqda Rossiya tomonidan egallab olingan Ukraina mintaqasining «gubernatori» Vladimir Saldo ma’lum qildi. Okkupatsion kuç tuzilmalarining barça organlari Dniproning çap qirğoğiga ötmoqda, deb yozadi RIA «Novosti» 19 oktyabr, çorşanba kuni Saldoga tayanib.
Telegram-kanalida Saldo Xerson oblasti hududiga tinç aholining kirişi taqiqlangani haqida yozgan. «Aloqa çiziğidagi keskin vaziyat hamda Xerson oblasti va Xerson şahri hududiga yirik raketa hamda artilleriya zarbasi beriş xavfi kuçayişi munosabati bilan bugun oblast öng qirğoq qismiga 7 kunlik muddatga kirişni yopiş töğrisida qaror qabul qilindi», dedi u.
Şu bilan birga, RIA «Novosti» Xerson oblastining okkupatsion hukumati Xerson aholisiga Ukraina armiyasi tomonidan öqqa tutilişi mumkinligi munosabati bilan şaharni tark etişga çaqirgan SMS-xabar jönatganini xabar qildi. «Hurmatli fuqarolar! Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan turar joylar öqqa tutiladi. Soat 7:00 dan avtobuslar Reçportdan Çap sohilgaça yöl oladi. Aloqa: 88003019999», - deya bu xabarlardan iqtibos keltirgan RIA «Novosti». Öz navbatida, Xerson oblasti «ma’muriyati rahbari örinbosari» Kirill Stremousov Ukraina hujumi boşlanganini e’lon qildi. Ukraina Qurolli kuçlari «Xerson oblastining Novaya Kamenka – Berislav yönalişi böyiça hujumga ötdi», deb yozdi u Telegram’da.
Bir kun oldin Xerson oblastining bosib olingan hududi «ma’muriyati» rahbari törtta munitsipalitet – Berislavskiy, Belozerskiy, Snigiryovskiy va Aleksandrovskiy tinç aholisi Dniproning çap qirğoğiga evakuatsiya qilinişini bildirib, buni «uyuşgan köçiş» deb atadi. Saldoning sözlariga köra, Ukraina «keng kölamli hujum uçun kuç töplamoqda» va göyoki Kaxovskaya GES töğonini yöq qilmoqçi, şu sababli «hududlarni suv bosişi xavfi mavjud». 18 oktabr kuni Saldo Dniproning öng qirğoğida joylaşgan Xersondagi aholi evakuatsiya qiliniş haqida xabar bermagan.
Öşa kuni Ukrainadagi Rossiya qöşinlari qömondoni Sergey Surovikin uşbu lavozimga tayinlanganidan beri bergan birinçi intervyusida frontdagi vaziyatni «tarang» deb atadi. «Xerson şahrining özi böyiça bizning keyingi rejalarimiz va harakatlarimiz yuzaga kelayotgan harbiy-taktik vaziyatga boğliq böladi. Takror aytaman, vaziyat bugungi kunda juda qiyin», - dedi Surovikin va «qiyin qarorlar qabul qilişi» mumkinligini qöşimça qildi.












