Payşanba kuni Rossiya reaktiv droni Dniprodagi temiryöl vokzaliga hujum qildi. Bu haqda oblast harbiy maʼmuriyati rahbari Oleksandr Ganja maʼlum qildi.
«Dniproda rossiyaliklarning temiryöl vokzaliga hujumi oqibatida 14 kişi yaralandi. Şundan 13 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Olti nafarining ahvoli oğir. Ular orasida 11 yoşli bola ham bor. Jabrlanuvçilarning barçasida köp sonli oskolka jarohatlari bor. 40 yoşli erkakning ikkala oyoği ham amputatsiya qilingan», – deb yozdi Dnipropetrovsk oblasti harbiy maʼmuriyati rahbari Oleksandr Ganja telegram-kanalida.
«Ukrzalіznitsya» temiryöl kompaniyasi maʼlum qilişiça, zarba Dnipro – Zaporijjya yönalişidagi yölovçi poyezdi turgan platformaga töğri kelgan.
«Xavf yuqoriligi haqidagi ogohlantirişga qaramay, platformada odamlar bölgan», – deyiladi xabarda.
«Ukrzalіznitsі» vakili Oleksandr Şevçenko evakuatsiya haqidagi eʼlondan 13 daqiqa ötib portlaş röy berganini xabar qilgan. «Barça doimiy xavf-xatarga örganib qolgan front yaqinidagi şaharlarda ham evakuatsiya haqidagi eʼlonga reaksiya körsatiş juda muhim», – deya yozadi u.
Ukraina milliy politsiyasi maʼlumotiga köra, Rossiya droni vokzalga taxminan soat 11:00 atrofida uçib kelgan.


Rossiya 2026-yilda Ukrainaning temiryöl infratuzilmasiga hujumlarni kuçaytirdi. Reuters agentligi maʼlumotiga köra, yil boşidan buyon 1700 ta temiryöl obyektiga zarba berilgan. 120 ta yölovçi vagoni, 304 ta lokomotiv va 43 ta temiryöl stansiyasi şikastlangan.
Bu vaqt içida 50 nafar temiryölçi xizmat vazifasini bajariş çoğida halok bölgan. Hujumlar köpaygani sababli rasmiylar xavfsizlik talablarini kuçaytirgan. Havo hujumi haqidagi trevoga paytida yölovçilar poyezdlardan evakuatsiya qilinadi, baʼzida bir reysda bunday holat bir neça marta kuzatilişi mumkin. Şu sababli safar vaqti sezilarli darajada ortadi. Masalan, Dnipro-Odessa yönalişidagi keçikişlar 5-12 soatgaça yetişi mumkin.


















