Şavkat Mirziyoyev ikki davlat örtasida örtasida köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlik barça yönalişlarda kengayib borayotganini qayd etgan.
«Ming yillar davomida özbek va turkman xalqlari yonma-yon yaşab, bir-biriga tayanç bölib kelganlar», - deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinişiça, sönggi oylarda davlat rahbarlari turli tadbirlar doirasida oltinçi marta uçraşmoqda. Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengaşi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ikki mamlakatlar örtasidagi hamkorlikning mustahkam poydevorini şakllantirişga qöşgan hissani ham qayd etgan.

«Iqtisodiyot ikki tomonlama munosabatlarning yetakçi kuçi bölib xizmat qilayotgani, mamlakatlarimizning ulkan salohiyatini işga soliş uçun köproq harakat qiliş zarurligi ta’kidlandi. Keyingi yillarda özaro savdo jadal sur’atda oşib bormoqda.
Özbekiston-Turkmaniston Çegaraoldi savdo zonasi işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalarni yanada kengaytiriş, hududlarda yangi iş örinlari yaratişga xizmat qilişi qayd etildi. Bugun davlat rahbarlari uşbu zonaning qurilişini boşlab beradi», - deyiladi xabarda.
Şuningdek, uçraşuvda sanoat, energetika, kimyo tarmoği va qişloq xöjaligi kabi ustuvor tarmoqlarda yangi loyihalarni jadallaştirişga, «Şarq - Ğarb» va «Şimol - Janub» yönalişlarida, şu jumladan Turkmanboşi porti imkoniyatlaridan foydalangan holda transport yölaklarini faol rivojlantirişga kelişildi.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yilda ikkala mamlakatda barça viloyatlar iştirokida Madaniyat va kino kunlari, yoşlar festivallari ötkaziladi. Belgilangan maqsadlarga erişişda Strategik şeriklikni çuqurlaştiriş töğrisidagi deklaratsiyaning imzolanişi muhim omil bölib xizmat qiladi.
- Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz döstlik va yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaşga, ikki mamlakatning ravnaqiga xizmat qilişiga işonamiz, - degan Özbekiston yetakçisi muzokaralar yakunida.












