Qayd etilişiça, maşğulotlarni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin şaxsan kuzatib borgan. 

«Kamçatkadagi Kura poligonida Plesetsk davlat sinov kosmodromidan «Yars» qit’alararo ballistik raketasi va Barens dengizidan «Sineva» ballistik raketasi uçirildi. Havodan uçiriladigan qanotli raketalarni uçiruvçi uzoq masofali Tu-95MS samolyotlari ham vazifalarga jalb qilingan», - deyiladi Kreml veb-saytida.

Kreml matbuot xizmati ma’lumotlariga köra, strategik tiyib turuvçi kuçlarni tayyorlaş böyiça topşiriqlar töliq bajarilgan, barça raketalar belgilangan xususiyatlarni tasdiqlagan holda nişonga yetib borgan.

Avvalroq Pentagon Rossiya rasmiylari AQŞni «Grom» strategik yadroviy kuçlarining maşğulotlari haqida oldindan xabardor qilgani haqida xabar berdi. Uşbu maşqlar har yili muntazam ravişda ötkaziladi, deya qöşimça qildi AQŞ Mudofaa vazirligi.

Avvalgi «Grom» maşqlari 2022 yil 19 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanişidan beş kun oldin bölib ötgan edi. 

Rossiya rasmiylari RF harbiy doktrinasiga köra, Moskva öziga yoki ittifoqçilariga qarşi bunday qurol qöllanişiga javoban, şuningdek oddiy qurollardan foydalangan holda tajovuz sodir bölgan taqdirda, «davlatning mavjudligi tahdid ostida bölganda» yadro qurolidan foydalanişi mumkinligini bir neça bor ta’kidlagan.