Assambleya iştirokçi davlatlar – Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston parlament delegatsiyalaridan iborat.

27 oktyabr kuni Samarqandda Assambleyaning axborot, turizm va sport böyiça, qişloq xöjaligi siyosati, tabiiy resurslar va ekologiya böyiça, siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik böyiça uçta doimiy komissiyalarining majlislari ötkazildi.

Şuningdek, Hamdöstlik davlatlaridan yoş parlamentariylar MDH Yoşlar Parlamentlararo Assambleyasi yiğilişi bölib ötdi.

Kun davomida Assambleyaning boşqaruv organi – MDH PA Kengaşining majlisi ötkaziladi. Unda Parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. 2022 yilda ötkazilgan tadbirlar yakunlari sarhisob qilinib, MDHda saylov kampaniyalari monitoringi töğrisidagi axborot eşitiladi.

Namunaviy qonun ijodkorligi bugungi kunda Assambleyaning asosiy faoliyati bölib qolmoqda. Hamdöstlik mamlakatlari parlamentariylari keyinçalik milliy parlamentlar öz qonun ijodkorligi faoliyatida foydalanişi mumkin bölgan namunaviy qonunlar, kodekslar va boşqa hujjatlarni birgalikda işlab çiqadilar.

Ma’lumot uçun, MDH PA faoliyatining 30 yili davomida 600 dan ortiq hujjatlar işlab çiqilib, MDH mamlakatlari parlamentlariga taqdim etilgan.

Sessiya 28 oktyabr kuni ham davom etadi.