Qayd qilinişiça, endi çaqiruv qoğozlarini yetkazib beriş töxtatiladi, harbiy qömitalar avvalgidek işlay boşlaydi. Qurolli Kuçlar safiga çaqiruv böyiça harbiy xizmatga qabul qiliş bölimlarining keyingi işi köngillilar va harbiy kontrakt böyiça harbiy xizmatga nomzodlarni qabul qiliş yöli bilan taşkil etiladi.
Qisman safarbarlikni yakunlaş töğrisidagi Rossiya prezidenti farmoni hozirça yöq.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu topşiriğiga köra, Boş ştab harbiy okruglar va Şimoliy flot qömondonlariga 1 noyabrga qadar qisman safarbarlik tadbirlari yakunlangani haqida hisobot beriş böyiça körsatmalar yuborgan. Harbiy qömitalarning qisman safarbar qilinişiga jalb etilgan barça xodimlarga navbatdagi rejimda öz xizmat vazifalariga qaytişi buyurildi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu 28 oktabr kuni qisman safarbarlik yakunlangani haqida prezident Vladimir Putinga hisobot bergan edi. Şoygu sözlariga köra, 300 ming kişini çaqiriş böyiça «qöyilgan vazifa» bajarilgan. Ulardan 218 ming nafari poligonda öqitilmoqda, 82 ming nafari esa Ukrainadagi jangovar hududlarga jönatilgan.
Rossiya qonunçiligiga köra, safarbarlik yakunlangani haqida prezident farmoni qabul qilinişi şart. Mudofaa vazirligi safarbarlik yakunlanganini ma’lum etişiga qaramay, prezidentning tegişli farmoni hozirça e’lon qilinmagan.













