Xitoy Ukrainadagi uruşni imkon qadar tezroq tugatiş uçun Rossiyaga ta’siridan foydalanişi kerak. Germaniya kansleri Olaf Şols 4 noyabr, juma kuni Pekinda Xitoy rahbari Si Jinping bilan şu haqda gaplaşdi.
«Xitoy raisi Si va men yadroviy tahdidlar mas’uliyatsiz va öta xavfli ekanligiga oid umumiy fikrdamiz», — dedi Şols bu borada Xitoy rahbari bilan muzokaradan söng.
Şu bilan birga, Xitoy Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan, AFP jurnalistlariga köra, Şols bilan qöşma matbuot anjumani çoğida özini harbiy mavzudan ğayrioddiy tarzda uzoqlaştirgan. «Biz vaziyatni yanada keskinlaştirişni istamaymiz», dedi Li va «ikki tomonni tinçlik muzokaralarini boşlaşga undaş vaqti kelganini» ta’kidladi.
«Biz mintaqaviy barqarorlikka putur yetişini, xalqaro işlab çiqariş va ta’minot zanjirlarini beqarorlaştirişni istamaymiz», — deya qöşimça qildi xitoylik siyosatçi.
Xitoy şu paytgaça Rossiyani Ukrainaga bostirib kirgani uçun oçiq tanqid qilişdan qoçayotgandi. Uruş boşlanganidan beri Rossiya va Xitoy örtasidagi savdo hajmi sezilarli darajada oşdi. Xususan, Xitoy Rossiya neftini sotib olyapti, Ğarb davlatlari esa bundan boş tortgan.
Öz navbatida, Germaniya kansleri Olaf Şols Xitoy rahbari Si Jinping bilan muzokaralar çoğida adolatli savdo aloqalarini örnatişga çaqirdi.
Germaniya va Xitoy globallaşuv hamda u bilan boğliq iqtisodiy ösişning afzalliklarini boy bermaslikdan manfaatdor, dedi Germaniya hukumati rahbari Pekinda. Şu bilan birga, Germaniya uçun «teng asosda iqtisodiy munosabatlarni» saqlab qoliş muhim», deya qöşimça qildi u.
Gap har ikki tomon ham investitsion oçiqlikka birdek amal qilişi lozimligi va erkin savdoni amalga oşirişga imkon bermaydigan qaramliklar yuzaga kelmasligi haqida ketyapti, deb tuşuntirdi Şols.
Pekinga safari oldidan Germaniyadagi köplab mutaxassislar eksportga yönaltirilgan nemis iqtisodiyotining Xitoyga qaramligi ortib borayotganiga işora qildi va bu vaziyatni Ukrainada uruş boşlanişidan oldin Rossiyaga bölgan energiya qaramligi bilan taqqosladi.
Xitoy Davlat kengaşi boş vaziri Lining sözlariga köra, Xitoy hukumati Germaniya bilan hamkorlikni kuçaytirmoqçi. «Germaniya va Xitoy erkin va adolatli savdo tarafdori. Biz barça tomonlar uçun foydali bölgan taşqi oçiqlikka sodiqligimizni bildirişda davom etamiz», deb va’da berdi u.
Olaf Şols Xitoy rahbariyati bilan muzokaralarda kötargan boşqa mavzular orasida Xitoydagi inson huquqlari va Tayvan atrofidagi vaziyat bor edi.
Şols birinçi masala yuzasidan «inson huquqlari universal xarakterga ega va bu, xususan, ozçiliklar huquqlariga taalluqlidir», deb ta’kidladi.
Xitoyning Tayvanga bostirib kirişi ehtimoli haqidagi xavotirlar böyiça, Germaniya hukumati rahbari Tayvanning status-kvosini faqat tinç yöl bilan, muloqot orqali özgartiriş mumkinligini ta’kidladi.












