Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) amaldorlarining Si Jinping davridagi kabi bu qadar keng kölamda qamoqqa olinişi mamlakatda Mao Szedun zamonidan beri kuzatilmagan edi. Boz ustiga, Si hokimiyatda qança uzoq qolsa, tozalaşlar kölami ham şunçalik kengayib bormoqda. Financial Times naşrining yozişiça, korrupsiyaga va intizom buzilişiga qarşi kuraş bahonasida Si Jinpingning 2023-yilda boşlangan uçinçi muddati davomida avvalgi muddatiga nisbatan 14 barobar köp jinoiy iş qözğatilgan.
Kaliforniyadagi Claremont McKenna kollejining davlat boşqaruvi professori Minsin Pey sözlariga köra, Si hukmronligining sönggi 11 yili davomida 628 mingga yaqin partiya funksioneri jinoiy javobgarlikka tortilgan va katta ehtimol bilan qamoq jazolariga hukm qilingan. 2024-yilgi maʼlumotlarga köra, Xitoy qamoqxonalarida 1,69 million mahbus saqlanmoqda. Yaʼni, Si ötkazgan «tozalaş» qurbonlari panjara ortida ötirganlarning juda salmoqli qismini taşkil etadi.
Peyning hisob-kitoblariga köra, Xitoy Kommunistik partiyasining 7,2 millionga yaqin aʼzosi u yoki bu şakldagi siyosiy, maʼmuriy yoxud sud jazolariga tortilgan. Ular orasida kamida 632 nafar «yölbars» bor; vazir örinbosari yoki muzofot gubernatori örinbosari va undan yuqori lavozimlarni egallagan amaldorlar şunday ataladi.
Partiya içidagi suriştiruvlarga masʼul bölgan XKP Markaziy intizomni tekşiriş komissiyasi kotibi örinbosari hamda Xitoy Davlat nazorat qömitasi rahbari örinbosari Çjan Fuxay bundan-da yuqori raqamlarni keltirdi, deb xabar berdi «Sinxua».
2012-yilda Si yetakçi sifatida tasdiqlangan XKP 18-syezdidan keyingi davr mobaynida butun mamlakat böylab intizom va nazorat organlari tomonidan 8,105 millionta iş qözğatilib, 7,922 million kişi javobgarlikka tortilgan. Ular orasida XKP Markaziy Qömitasi hisobida va nazorati ostida turuvçi 963 nafar mansabdor şaxs bor, deb maʼlum qildi Çjan bir hafta oldin XKP MQ 5-plenumi yakunlari böyiça.
Si - Xitoy rahbarlarining beşinçi avlodi vakili; bu avlod ayni paytda oxirgisi bölib turibdi. Mao vafotidan söng XKP va mamlakat rahbariyatini har 10 yilda - ikkita 5 yillik muddatdan keyin almaştirib turişga qaror qilingan edi. Biroq Si öziga voris tanlamadi va özining uçinçi muddatga qayta saylanişini taʼminladi. 2027-yil kuzida partiyaning navbatdagi syezdi bölib ötadi va unda Si törtinçi muddatga qayta saylanişi kutilmoqda.
Delegatlarning taxminan çorak qismi qatnaşmagan (taʼqibga uçragan iştirokçilar soni rekord darajaga yetgan) yaqinda bölib ötgan plenumda Si partiya nazoratini kuçaytiriş töğrisidagi rezolyutsiyani ilgari surdi. Peyning taʼkidlaşiça, u bu işni özini yana beş yilga mamlakat rahbari lavozimiga tasdiqlaşi kerak bölgan navbatdagi XKP syezdiga bir yil qolganda amalga oşirgani tasodif emas.











