Ukrainadagi uruşda rus qöşinlarining yöqotişi kamida 8294 kişini taşkil etadi, ulardan 115 nafari safarbarlik qilingani natijasida armiyada bölgan. Bunday ma’lumotlar faqat oçiq manbalardan foydalangan holda köngillilar bilan birgalikda «Mediazona» va BBC rus xizmati jurnalistlari tomonidan 4 noyabr, juma kuni töplangan.
«Bu raqam yöqotişlarning real darajasini aks ettirmaydi: biz faqat ölim haqidagi oçiq xabarlarni töpladik. Bularga yaqinlarining xabarlari, mintaqaviy OAVdagi xabarlar va mahalliy hokimiyat xabarlari kiradi. Bundan taşqari, bedarak yöqolganlar va qölga olinganlar soni noma’lum», - deya ta’kidlaydi statistik ma’lumot mualliflari.
«Vajnyye istorii» suriştiruv media-loyihasi ham safarbar qilingan va halok bölganlar töğrisida hisobot e’lon qildi. Uning hisob-kitoblariga köra, 126 kişi halok bölgan, ulardan 22 nafari jangovar hududga kirişga ulgurmagan.
«Mediazona» va BBC statistik ma’lumotlariga köra, ölgan jangçilarning aksariyati Krasnodar ölkasi (350), Doğiston (332), Buryatiya (313), Boşqirdiston (261) va Volgograd viloyatidan (255) bölgan. Eng kam yöqotişlar Çukotka avtonom okrugida (2), Nenets avtonom okrugida (5), Magadan viloyatida (7) va Yamalo-Nenets avtonom okrugida (11) qayd etilgan. Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, köpinça harbiy xizmatning jozibadorligi, hozirda esa mos ravişda harbiylarning ölim darajasi mintaqadagi maoşlar darajasi bilan boğliq.
Rossiya rasmiylari qurbonlar haqida sönggi marta 21 sentabrda, «qisman safarbarlik» e’lon qilingan kuni oçiq xabar bergan edi. Mudofaa vaziri Sergey Şoyguning sözlariga köra, uruşda 5937 kişi halok bölgan. Öşa paytda mustaqil jurnalistlar 6600 dan ortiq ölim holati haqida xabar qilişgandi.
1 noyabr kuni Şoygu safarbar qilingan 300 ming rossiyalikdan 87 mingi frontga jönatilganini ma’lum qildi. Safarbarlik tugaşi haqidagi bayonotlariga qaramay, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu haqdagi farmonni imzolamoqçi emas.













