Ukraina Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolenko Moskvaning muzokaralarga tayyorligi haqidagi yangi bayonotini «yangi tutun pardasi» deb atadi. «Rossiya rasmiylari har safar rus qöşinlari jang maydonida mağlubiyatga uçraganida muzokaralar haqida eslay boşlaydi», deb yozdi u Facebook'da 9 noyabr oqşomida.
«Moskva Ukrainada tinçlik örnatilişidan manfaatdor emas, - dedi ukrainalik rasmiy. - Rossiya özini muloqotga tayyorligini körsatib, bölinmalarni qayta töplaş, yaqinda safarbar qilingan rossiyaliklarni tayyorlaş, qurol-yaroğ yetişmasligi muammosini hal qiliş, logistika kamçiliklarini bartaraf etiş uçun vaqt yutişga harakat qilmoqda. Keyin esa u yangi kuçlar bilan yangi tajovuz tölqinlariga murojaat qiladi. Biz buni 2014-2015 yillarda körganmiz».
Nikolenkoning ta’kidlaşiça, «tinçlik muzokaralaridan haqiqatan ham manfaatdor bölganlar şahar va qişloqlarni vayron qilmaydi, tinç aholini öldirmaydi, energetika infratuzilmasini vayron qilmaydi, vaqtinça bosib olingan hududlar aholisini masxara qilmaydi, oziq-ovqat ta’minotiga aralaşmaydi». U, şuningdek, Rossiya qöşinlarini Ukrainaning butun hududidan olib çiqib ketiş, bosib olingan hududlardagi noqonuniy qarorlarni bekor qiliş va Ukrainaga kompensatsiya tölaşni boşlaşni muzokaralar uçun şart deb bilişiga şama qildi.
Avvalroq, 9 noyabr kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya Ukraina bilan muzokaralar uçun «hamon» oçiq ekanini aytgan edi. «Biz ulardan heç qaçon voz keçmaganmiz. Biz ularni, albatta, hozirgi paytda yuzaga kelayotgan voqelikni hisobga olgan holda ötkazişga tayyormiz», dedi u brifing çoğida.
Ayni paytda, öşa kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu 24 fevraldan keyin Rossiya qölga olişga muvaffaq bölgan Ukrainaning yagona mintaqaviy markazi - Xersondan çekinişni buyurdi. Bu Ukrainadagi Rossiya Qurolli kuçlari boş qömondoni Sergey Surovikin vaziyat haqida hisobot berib, «qöşinlarni Dnipro çap qirğoğiga olib çiqiş»ni taklif qilganidan keyin sodir böldi. Ommaviy axborot vositalari hisob-kitoblariga köra, öşa paytda daryoning öng qirğoğida joylaşgan deyarli 4900 kvadrat metr hudud Rossiya qöşinlari nazorati ostida edi.
Kiyevda Şoyguning buyruğiga vazminlik bilan munosabat bildirişdi. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak Reuters agentligiga bergan intervyusida Rossiya qöşinlarini Xersondan olib çiqib ketiş haqida gapirişga hali erta ekanligini aytdi - aksinça, uning sözlariga köra, Rossiya mintaqaga yangi kuçlarni, qöşinlarni yiğmoqda. «Yug» operativ qömondonligi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk Xersonning taslim bölişi haqidagi bayonot Moskvaning «haqiqiy niyatlari haqida notöğri taassurot yaratişga» uriniş bölişi mumkinligini istisno qilmadi. NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ham izoh berişdan özini tiyib, Xerson atrofida sodir bölayotgan voqealarni baholaşga hali erta ekanligini tuşuntirdi.













