AQŞ Harbiy-havo kuçlari Rapid Dragon konsepsiyasi doirasida Arktikada MC-130J Commando II samolyotlarini sinovdan ötkazdi. 

Uning doirasida uzoq masofaga uçuvçi JASSM-ER qanotli stels-raketa paletalari bilan zarba beriş amaliyoti sinab körildi. 

«Bu raketalar Rossiya hududigaça yetib bora oladi... Biz ittifoqçilarning kengaytirilgan imkoniyatlarini namoyiş etib, Rossiyaning tajovuzkorligini, keng qamrovli xatti-harakatlarini tiyib turişga harakat qilmoqdamiz», dedi Yevropa maxsus operatsiyalari qömondonligi podpolkovnigi Lourens Melnikov. 

Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi 2021 yil sentabr oyida xabar qilganidek, Rapid Dragon konsepsiyasi samolyotlarni «qanotli raketalarning halokatli platformasiga aylantiradi. Ular taktik qiruvçi va strategik bombardimonçilarning zarba beriş qobiliyatini oşiradi». 

Qayd qilinişiça, paletalarning işlatilişi «köproq aerodromlardan köproq nişonlarga zarba beriş» imkonini yaratadi.