«Jahon xalqlari uçun döstlik va tinçlik timsoli, ilm-fan va ma’rifat öçoği bölgan Samarqand şahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e’lon qiliş taşabbusini qöllab-quvvatlaganingiz uçun sizlarga samimiy minnat-dorçilik bildiraman. Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari uluğ ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravişda faxrlanamiz.
Bugungi kunda barçamiz keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim özgarişining salbiy oqibatlari bilan boğliq murakkab sinovlarni boşimizdan keçirmoqdamiz.
Şu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar yeçimi böyiça davlatlarimiz umumiy yondaşuvlarni belgilab olişi, sa’y-harakatlarni uyğunlaştirişi nihoyatda muhimdir. Biz har qanday qiyinçiliklarni döstlik, hamkorlik va bir-birimizni qöllab-quvvatlaş orqali yengib ötişga qodirmiz.
Sönggi bir yil davomida Taşkilotimizga Turkiyaning raisligi çoğida turli yönalişlar böyiça ança işlar amalga oşirilgani, özaro hamkorligimiz yanada faollaşganini alohida e’tirof etmoqçiman.
Özbekiston ham öz raisligi davrida “TURKIY DUNYo NIGOH́I – 2040” konsepsiyasi hamda bugun qabul qilinayotgan “TURKIY DAVLATLAR TAŞKILOTINING BeŞ YILLIK STRATeGIYaSI”ni samarali amalga oşiriş, 170 milliondan ortiq aholi yaşaydigan ulkan mintaqani öz içiga olgan Taşkilotimiz nufuzini yanada mustahkamlaş, va eng asosiysi – tarixi, tili va madaniyati muştarak bölgan qardoş xalqlarimiz va davlatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yuksak poğonaga olib çiqiş niyatidamiz”, — dedi prezident Mirziyoyev öz nutqining boşida.













