Bu mamlakat sovrin uçun kuraşda Armaniston, Braziliya, Misr, Gretsiya, Yaponiya va Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi. Ğoliblar juma kuni keçqurun Ummonda bölib ötgan Grand final gala-konsertida e’lon qilindi.
Vetnamda YuNeSKO tomonidan tan olingan 8 ta jahon merosi obekti joylaşgan: Fong Nxa-Ke Bang milliy boği, May Son ibodatxonasi, Xoyan qadimiy şahri va Hyuye yodgorliklari majmuasi, Halong körfazi, Trang An landşaft majmuasi, Thang Long imperator qal’asi va Xo sulolasi qal’asi.
Sönggi yillarda uşbu obektlar nufuzli sayyohlik jurnallari tomonidan köplab maqtovlarga sazovor böldi.
Şuningdek, Vetnam poytaxti Hanoy «dunyoning yetakçi dam oliş maskani» sifatida tan olindi.
Uzunligi 150 metr va eni 12,8 metr bölgan, şişa tola va tör simidan yasalgan ulkan qöllar körinişidagi Danang «Oltin köprigi» dunyodagi eng maşhur turistik köprik sifatida mukofotga sazovor böldi.
World Travel Awards 1993 yilda taşkil etilgan bölib, sayohat va sayyohlik sanoatida erişilgan yutuqlarni taqdirlaydi. Bu sovrin «sayohat industriyasining «Oskar» mukofoti» deb ham nomlanadi.












