Taşrif doirasida Tanzila Norboyeva Qohira şahrida Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdurroziq bilan uçraşdi.
Unda ikki tomonlama aloqalarga doir bir qator masalalar, xususan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar hamda parlament yönalişida faol hamkorlikni rivojlantiriş masalalalari muhokama qilindi.
Tanzila Norboyeva parlamentlararo aloqalar mamlakatlarimiz örtasidagi barça darajadagi aloqalarni rivojlantirişda muhim mexanizmlardan biri hisoblanişini ta’kidlab, Misr parlamenti bilan özaro hamkorlikni rivojlantirişga, jumladan, oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasidagi vazifalarning borişi ustidan tizimli parlament nazoratini örnatişga tayyorlikni bildirdi.

Öz navbatida janob Abdurroziq keyingi yillarda özaro aloqalar yangi, yanada yuqori bosqiçga kötarilgani va turli sohalarda katta amaliy natijalarga erişilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Şu bilan birga, 2023 yilda Samarqand şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Arab va musulmon mamlakatlari parlamentlari ayol yetakçilarining birinçi forumini ötkaziş taşabbusi qöllab-quvvatlandi.
Bundan taşqari, tomonlar örtasidagi aloqalarning huquqiy bazasini mustahkamlaş, parlamentlararo muloqotni rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.
E’tiborlisi, muloqotda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari, jumladan ayollar va yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasi ikki mamlakatda ham davlat siyosati darajasiga kötarilgan ustuvor yönalişlaridan biri ekanligini ta’kidlandi hamda mazkur yönalişlarda özaro tajriba almaşiş va hamkorlikni yölga qöyiş yuzasidan fikr almaşildi.

Şuningdek, uçraşuvda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarga ham etibor qaratildi.
Muloqot davomida tomonlar örtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş va rivojlantiriş masalalarini tartibga soluvçi «Yöl xaritasi»ni işlab çiqib, amaliyotga tatbiq etişga kelişib olindi.












