Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (Asia-Pacific Economic Cooperation, APEC) sammiti iştirokçilari yakuniy bayonotda Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzini keskin qoralab, Moskvani qöşni davlatdan qöşinlarni «töliq va sözsiz» olib çiqib ketişga çaqirdi. Bu haqda 19 noyabr, şanba kuni Bangkokda qabul qilingan sammitning yakuniy deklaratsiyasida aytiladi.

Hujjatda aytilişiça, Ukrainadagi uruş jahon iqtisodiyotidagi vaziyatni keskinlaştirib, insoniyatning katta azob-uqubatlarini keltirib çiqarmoqda, energiya va oziq-ovqat beqarorligini kuçaytirmoqda. Şu bilan birga, unda «APEC a’zolarining aksariyati» uruşni keskin qoralaşi, ammo «vaziyatga boşqa qaraşlar va turli baholar bölgan»ligi körsatilgan. Yakuniy matnga kim rozi bölmagani aniqlaştirilmagan.

«APEC xavfsizlik masalalarini hal qiliş forumi emasligini ta’kidlagan holda, xavfsizlik masalalari jahon iqtisodiyoti uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini tan olamiz», — deyiladi bayonotda.

APEC Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi 21 ta iqtisodiyot iştirokidagi forumdir. Unda Kremlning Ukrainadagi harakatlarini tanqid qilişdan özini tiyib turgan Xitoy, şuningdek, Rossiyaning özi ham iştirok etyapti.