Bugun Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi “Xalqlar döstligi” maydonida “Muqaddasdir Vatan bayroği” şiori ostida bayram tadbiri taşkil etildi.

Bayram tadbirini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo kiriş sözi bilan oçib, uşbu bayramning mazmun-mohiyati, bayroğimizning davlat ramzi ekani, uning yoşlarda milliy vatanparvarlik hissini tarbiyalaşdagi ahamiyati haqida töxtaldi. Vazirlar Mahkamasining Ma’navaiyat va Davlat tilini rivojlantiriş masalalari departamenti rahbari Sobir Şukurov, Özbek Milliy akademik teatri derektori  Yodgor Sa’diyev, Toşkent şahar hokimligidan Durdona Rahimova, Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Ğayrat Majid ham öz fikrlarini bildirişdi.

Şundan keyin bayram tadbirining asosiy qismi boşlandi. Harbiylarimiz uzunligi 100 metr bölgan Davlat bayroğini kötargan holda iştirokçilarning olqişlari ostida maydonga kirib kelişdi. Maydon uzra harbiy qism askarlari, kursantlar va “Temurbeklar maktablari” öquvçilari iştirokida vatanparvarlik mavzusida saf qöşiqlari yangradi.

Bayram munosabati bilan  Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti va boşqa hamkor vazirlik, idoralar bilan birgalikda Toşkent şahridagi markaziy köçalardan Davlat bayroğini örnatgan holda “Vatanparvar avtokarvoni” ötdi. Milliy Gvardiya otliqlar safi vatanimiz bayroğini baland kötargan holda şahar köçalari böylab yurişdi.

Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda faollik körsatgan yurtdoşlarimizdan bir guruhiga Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan “Ma’naviyat fidoyisi” kökrak nişoni tantanali ravişda topşirildi.

17-19 noyabr kunlari mamlakatimizdagi vazirlik va taşkilotlar, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, harbiy bilim yurtlari va boşqa huquq-tartibot muassasalarida “Muqaddasdir Vatan bayroği” şiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbirlari ötkazildi. Bayram arafasida mamlakatimiz aholisi köksiga davlat bayroği aks etgan lenta va tasmalar taqiş aksiyasi amalga oşirildi.  

Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayroği” mavzusidagi videoroliklar tanlovi hamda “Inson qadri uçun” turkumidagi videoroliklar tanlovi ğoliblari taqdirlandi.

Şuningdek, Özbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda “Ranglarda aks etgan Vatan madhi” mavzusida rasmlar tanlovi va “Vatan madhi yangrar dilimda” onlayn intellektual tanlovi  ham ötkazildi.

Davlat bayroğini qadrlaşga qaratilgan tasviriy tarğibot vositalari respublikamizning barça markaziy köçalaridagi panno va bannerlarga joylaştirildi, davlat ramzlariga bağişlangan videoroliklar LED ekranlar va mahalliy telekanallarda namoyiş etildi.

Xalqlar döstligi maydonida xalqimiz suygan san’atkorlar tomonidan kengaytirilgan konsert dasturi namoyiş etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati Ⓣ