Navoiyda xonadonlarga davlat bayroği örnatilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bölimi rahbari Akram Muqimov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, viloyat hokimi Normat Tursunov boşlab bergan taşabbusni ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari, korxona, taşkilot va muassasalar rahbarlari davom ettiryapti. Bu orqali fuqarolar, ayniqsa, yoşlar qalbida faxr va iftixor tuyğusini mustahkamlaş, vatanga muhabbat va sadoqat fazilatlarini şakllantiriş maqsad qilingan.

Özbekistonda davlat bayroğiga nisbatan barçada ham yetarliça hurmat şakllanmagan edi. Bunga uzoq yillar mobaynida davlat bayroğidan foydalanişda çeklovlar kiritilgani sabab bölgan.
Ammo bugunga kelib vaziyat özgardi: prezident tomonidan 2023 yil 7 iyulda imzolangan qonun bilan davlat bayroğidan foydalanilişi mumkin bölgan holatlar kengaytirilgandi. Jumladan, bayroq va uning tasviri tuşirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yaşaş yoki iş joylarida, transport salonida foydalaniş mumkinligi belgilangan.
Bu qonun qabul qilingunga qadar Özbekiston aholisi öz bayroğiga hurmat körsatmaydigan, uni milliy ğururi rasmzi sifatida ardoqlamaydigan kam sonli mamlakatlardan biri edi desak adaşmagan bölamiz.

Navoiy viloyati taşabbusi respublika darajasida ommalaştirilsa, bu fuqarolarda vatanparvarlik hamda yurtga sadoqat fazilatlarini şakllantirişi mumkin.


















