Rossiyaning Leningrad viloyati, Vsevolojsk şaharçasi yaqinidagi gaz quvurida kuçli portlaş sodir böldi. Şundan söng katta yonğin boşlandi. Olov ustuni bir neça ön metr osmonga kötarilgan.
Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko sözlariga köra, qurbonlar yöq, portlaş sabablari aniqlanmoqda.
«Öt öçiruvçilar va qutqaruvçilar Berngardovka va Kovalevo örtasidagi gaz quvuridagi portlaş natijasida yuzaga kelgan yonğinni öçirmoqda. Aholiga va yonğinning turar joylarga tarqalişiga heç qanday xavf yöq», dedi gubernator.
«Pod’yem» naşrining yozişiça, portlaş oqibatida yuzaga kelgan zarba tölqini Sankt-Peterburg çekkasidagi köp qavatli binolarga yetib borgan. Industrialniy prospektidagi uyda yaşovçi fuqaro portlaş oqibatida «deraza tokçasidan mayda narsalar tuşib ketganini» yozgan.
Guvohlar yonğin aks etgan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirmoqda.
Portlaş va yonğin quvurdan gaz sizib çiqişi oqibatida sodir böldi, deb xabar berdi RBK Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib. Yonğinni öçirişda ikkita qutqaruv guruhi iştirok etmoqda.












