«Eng şiddatli janglar hali ham Donetsk viloyatida davom etmoqda. Luhansk viloyati - biz asta-sekin va janglar bilan oldinga harakat qilmoqdamiz. Janubda - biz mudofaani uşlab turamiz», - deb ta’rifladi Zelenskiy frontdagi vaziyatni. 

Ukraina rahbarining sözlariga köra, keng kölamli harbiy harakatlar boşlanganidan beri Rossiya Qurolli kuçlari Ukrainaga 4700 dan ortiq raketa uçirdi.

Bundan oldin Volodimir Zelenskiy 10 milliondan ortiq ukrainalikda elektr energiyasi yöqligi töğrisida xabar bergandi. 

Eng jiddiy holat Vinnitsa, Odessa, Sumi viloyatlari va Kiyevda kuzatilayotgani ma’lum qilindi. 

Mamlakatda rejalaştirilganidan taşqari yana favqulodda elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar sodir bölmoqda, dedi davlat rahbari. 

17 noyabr kuni Rossiya qöşinlari qöşni mamlakatdagi muhim infratuzilmaga yangi yirik zarbalar berdi.