21 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiyaga rasmiy taşrifi doirasida, Parij şahrida yetakçi kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.

Tadbirda «MEDEF» Fransiya korxonalari harakati boş direktori Filipp Gote, «Airbus», «Orano», «Suez», «Alstom», «Total Eren», «EDF», «Schneider Electric», «Natixis» kabi 20 taga yaqin yirik kompaniya va banklar rahbarlari iştirok etdi.

Mirziyoyev uçraşuv iştirokçilarini qutlab, rasmiy taşrifning birinçi kunidagi tadbirlar işbilarmonlik masalalariga bağişlanganiga e’tibor qaratdi.

– Bu Özbekistonning muhim va işonçli hamkorimiz – Fransiya bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga intilişi qat’iyligidan yana bir bor dalolat beradi, – dedi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Prezident Özbekistonda xorijiy investorlar uçun keng imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Jumladan, valuta bozori erkinlaştirildi, foydani repatriatsiya qilişga barça çeklovlar bekor qilindi, banklar, yirik sanoat va infratuzilma obektlarini xususiylaştiriş dasturi boşlandi, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlari faol joriy qilinmoqda. Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tadbirkorlikni yanada rağbatlantiriş, sarmoyadorlarning huquqlarini himoya qiliş, mulk daxlsizligini ta’minlaş va boşqa yönalişlarda aniq çoralar amalga oşirilmoqda.

- Har bir investor Özbekiston deganda, eng avvalo, barqarorlik va kelajakka işonçni tasavvur qilişiga intilyapmiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Prezident jahondagi bugungi beqarorlik şaroitida manfaatlarni hisobga oliş va özaro işonçga asoslangan köp qirrali va konstruktiv şeriklikni rivojlantiriş tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Şuningdek, Fransiya biznesining Özbekiston bozoriga çiqişi uçun katta istiqbollar oçilayotgani, Özbekistonning jozibadorligi Markaziy Osiyoda aholi soni böyiça eng yirik davlatligi, mahsulotlar MDH ulkan bozoriga bojsiz yetkazib berilayotgani bilan ham izohlanişini qayd etdi.

Özbekiston fransiyalik tadbirkorlarni işlab çiqariş uçun zarur infratuzilma bilan ta’minlaş, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar körinişida qöllab-quvvatlaş va boşqa kömak çoralarini taqdim etişga tayyor ekani ta’kidlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş, «yaşil» energetika, oziq-ovqat sanoati, kimyo va avtomobilsozlik, elektrotexnika va elektronika tarmoqlari, soğliqni saqlaş sohasini uzoq muddatli va özaro manfaatli hamkorlik uçun eng istiqbolli yönalişlar sifatida qayd etdi.

Şeriklikni kengaytiriş rejalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi. Fransiya işbilarmon doiralari vakillari öz çiqişlarida Özbekistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi va qaysi aniq loyihalarni amalga oşiriş niyatida ekanini bayon qildi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Şavkat Mirziyoyev Fransiya biznes delegatsiyasining har bir a’zosi bilan suhbatlaşib, Özbekiston investitsiya kiritiş uçun eng qulay joy ekaniga işonç hosil qiliş uçun tadbirkorlarni mamlakatimizga taklif qildi.

Uçraşuv yakunida Özbekistonning mas’ul rahbarlariga tadbirda bildirilgan barça taşabbuslarni öz içiga olgan hamda ularni amalga oşiriş mexanizmlari, aniq muddatlari va ijroçilari körsatilgan amaliy çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş va tasdiqlaş topşirildi.