Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hisob-kitoblariga köra, yana 2-3 million ukrainalik issiq va xavfsiz joylarni izlab uylarini tark etişi mumkin.
Bu holat ularning ruhiy salomatligiga ham salbiy ta’sir körsatadi, deb ta’kidladi taşkilot.
«Biz yana 2-3 million ukrainalik issiqlik va xavfsizlik izlab uylarini tark etişini kutmoqdamiz. Ular salomatlik bilan boğliq muammolar, jumladan COVID-19, pnevmoniya va gripp kabi nafas oliş yöllari infeksiyalari, şuningdek, emlanmagan odamlar difteriya va qizamiqning jiddiy xavfiga duç kelişi mumkin», deb qöşimça qildi JSST.
Qayd etilişiça, ukrainalik oilalar isitişning muqobil usullariga ötişga majbur böladi. Gap kömir yoki ötinni yoqiş, dizel generatorlari yoki elektr isitgiçlardan foydalaniş haqida ketmoqda.
«Bularning barçasi ukrainaliklarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir körsatadi. Uruş boşlanganiga 9 oy böldi. 10 millionga yaqin odam ötkir stress, taşviş, ruhiy tuşkunlik kabi kasalliklar xavfi ostida», deb xulosa qildi taşkilot.
BMT Qoçqinlar böyiça Oliy komissari boşqarmasi ma’lumotlariga köra, hozirda 4,5 millionga yaqin ukrainalik qoçqin Yevropa mamlakatlarida röyxatga olingan. Ularning köpçiligi Yevropa Ittifoqining Ukraina bilan çegaradoş davlatlari – Slovakiya, Polşa, Vengriya va Ruminiyada qönim topgan.
Şuningdek, Şarqiy Yevropa mamlakatlari qişki sovuq va Rossiya tomonidan Ukraina energetika obektlariga berilgan zarbalar tufayli qoçqinlarning yangi tölqinini qabul qilişga hozirlik körmoqda.












