Bloomberg ta’kidlaganidek, bu hozirgi 120 yevro miqdoridan ança yuqori, ammo yozda Yevropada kuzatilgan narxdan ança past.
«Narx uşbu çegaradan kötarilsa, bitimlar tuzilmaydi. Agar ikkita şart bajarilsa, bozorni tartibga soliş mexanizmi işga tuşadi. Birinçidan, gaz narxi ikki hafta davomida ma’lum darajadan, ya’ni 275 yevrodan oşsa. Ikkinçidan, 10 kun davomida TTF narxi va suyultirilgan tabiiy gaz örtasidagi spred 58 yevrodan oşsa», dedi Yevropa energetika böyiça komissari Kadri Simson.
1 MVt/soat uçun 275 yevro miqdori tabiiy gazning 1 ming kub metri uçun taxminan 2900 dollarni taşkil qiladi. Hozirgi vaqtda bu qiymat 1120 dollarga teng.
YeK taklifi energiya xarajatlarini kamaytirişga intilayotgan qator Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Ammo yakunda milliy hukumatlar tomonidan ma’qullanişi kerak.
Sönggi haftalarda gaz narxi tuşib ketdi, biroq 22 noyabr kuni «Gazprom» Yevropaga gaz yetkazib beriş hajmini yanada qisqartiriş bilan tahdid qildi. Bu esa narxning oşişi ehtimolini yuzaga keltirdi.
YeK taklifi Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari tomonidan 24 noyabr kuni Bryusselda ötkaziladigan favqulodda yiğilişda muhokama qilinadi.












