Uning ta’kidlaşiça, terrorizm homiysi maqomi qonuniy oqibatlarga olib keladi.
«Bunday maqomga ega bölgan davlat butun dunyoda qöl berib körişişga arzimaydigan deb sanaladi va u bilan işlagan har bir kişi jahon hamjamiyatining eng qattiq sanksiyalariga duçor böladi», deb tuşuntirdi Stefançuk.
Bundan oldin Yevroparlament a’zolari Rossiya Federatsiyasini terrorizmga homiylik qiluvçi davlat sifatida tan oliş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qilgandi.
23 noyabr, çorşanba kuni Yevroparlament köpçilik ovoz bilan Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy agressiyasi tufayli Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvçi davlat sifatida tan oliş töğrisidagi nizomni öz içiga olgan rezolyutsiyani qabul qilişni yoqlab ovoz berdi.
Yevroparlament deputatlari Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qiliş orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning hukumati uşbu jinoyatlar uçun xalqaro tribunal oldida javobgarlikka tortilişiga yöl oçmoqçi, deya ta’kidlaydi YeP.
Rezolyutsiya yuridik majburiyat yuklaş kuçiga ega emas. Yevropa Ittifoqining huquqiy bazasida tegişli qonunçilik mexanizmi mavjud emas.
Hozirgi vaqtda «terrorizm homiysi bölgan davlat» atamasi faqat AQŞ va Kanada qonunlarida mustahkamlangan. Amerika röyxatida törtta davlat bor: Suriya, Eron, Şimoliy Koreya va Kuba.













