Xabarga köra, Rossiya qöşinlarining raketa zarbalari oqibatida aksariyat energetika infratuzilmasi obektlari quvvatsizlangan. Energetika vazirligi, şuningdek, butun mamlakat böylab iste’molçilarning katta qismi elektr energiyasisiz qolganini ta’kidladi.
«Mamlakat böyiça elektr energiyasi iste’molçilarining katta qismi elektr energiyasidan uzilgan. Favqulodda öçirişlar sodir böladi. Elektr yöqligi issiqlik va suv ta’minotiga ham ta’sir qiladi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Şuningdek, hozirda mutaxassislar tizimlarni qisqa vaqt içida qayta tiklaş uçun barça imkoniyatlarni işga solayotgani ta’kidlandi.
Avvalroq, 23 noyabr kuni Ukrainada internetda jiddiy uzilişlar qayd etilgani xabar berildi. Bunga butun mamlakat böylab elektr energiyasining ommaviy uzilişlari sabab bölgan.
Bungaça Ukrainaning barça hududlarida havo trevogasi e’lon qilingan edi. Keyinroq Ukraina rasmiylari mamlakatning bir qança mintaqalaridagi energetika obektlariga Rossiya tomonidan raketa zarbalari berilganini tasdiqladi.












