Niderlandiya parlamentining Vakillar palatasi Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi uruşi tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan oldi. Bu haqda 24 noyabr, payşanba kuni Gollandiyaning ANO axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilganidek, bu qarorni partiyalarning mutlaq köpçiligi, jumladan, Ozodlik va demokratiya uçun xalq partiyasi, Mehnat partiyasi, Xristian-demokratik partiya va boşqalar qöllab-quvvatladi. Hujjatda aytilişiça, Rossiya armiyasi Ukrainadagi tinç aholi nişonlariga «tarkibiy va qasddan» zarba bermoqda.
Parlament kuçlarining aksariyati, şuningdek, Ukrainani gumanitar, diplomatik va harbiy sohalarda maksimal darajada qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Kuni keça Yevroparlament Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan oliş töğrisidagi qarorni qabul qildi.
Taşqi işlar vaziri Vopke Xukstraning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasining terrorizmning homiysi sifatida tan olinişi, masalan, AQŞdan farqli ölaroq, Niderlandiya uçun alohida oqibatlarga olib kelmaydi. Vazirning qöşimça qilişiça, Rossiyaga bu maqom birgalikda berilişi uçun u boşqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yoki NATOda bunday taşabbus qöllab-quvvatlanadimi yoki yöqmi, şuni körmoqçi.













