Uruşdan oldin Rossiya ammiak eksportining yarmidan köpi ammiak quvuri orqali ötgan, 24 fevraldan beri u işlamayapti. 

Muzokara guruhi tarkibi noma’lum, tomonlar hatto muzokara faktini ham yaşirmoqda va tafsilotlarni oçiqlaşga tayyor emas.

Reuters manbalari muzokarada qandaydir kelişuvga erişilgani haqida ma’lumotga ega emas. Biroq ikki davlat vakillarining özaro uçraşuvi fakti ijobiy holat, deb qayd etadi agentlik. 

Muzokaralar jarayoni haqidagi avvalgi xabarlarda kelişuv yöqligi ma’lum qilindi. Ukraina tomoni quvurni işga tuşiriş uçun asirlarni  «hamma uçun hamma» formulasi böyiça almaştiriş zarurligini ta’kidlagan. Rossiya tomoni dastlab bunday pozitsiyaga keskin qarşi edi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu talabni «nomaqbul» deb atagan. «Odamlar va ammiak bir xil narsami?!» degan u sentabr oyida. 

Hozir, ehtimol, tomonlarning pozitsiyalari yumşagan bölişi mumkin: Ukraina asirlarni katta miqdorda almaşişni talab qilmoqda va Kreml bunday taklifni körib çiqişga tayyor. 

Buni Vladimir Putinning yaqinda Rossiyaning eng yirik öğit işlab çiqaruvçi «Uralxim» kompaniyasi egasi Dmitriy Mazepin bilan uçraşuvi ham tasdiqlaydi. Sanksiya ostidagi milliarder prezidentga Ğarb sanksiyalarining jiddiyligidan şikoyat qilgan. Aynan şu sababli, minglab tonna öğitlar Yevropa portlarida qolib ketgan. 

Şuningdek, Mazepin maşhur ammiak quvuriga alohida e’tibor qaratgan. Tadbirkor sözlariga köra, quvur işga tuşişga tayyor, biroq «Ukraina tomoni bizning qölimizdan kelmaydigan bir qator siyosiy masalalarni ilgari surmoqda», degan. 

Tolyatti-Odessa ammiak quvuri 1970 yillarda qurilgan. Uning maksimal quvvati yiliga 2,5 million tonna ammiakni taşkil qiladi. Bu 2021 yildagi Rossiya ammiak eksportining taxminan 57 foizini taşkil etadi, qolgan 1,9 million tonna Boltiqböyi portlaridan jönatilgan. Rossiya ammiakining asosiy xaridorlari Marokaş, Turkiya, şuningdek, Janubi-Şarqiy Osiyo va Afrikadagi öğit işlab çiqaruvçi zavodlar hisoblanadi. Rossiyaning dunyo ammiak bozoridagi uluşi taxminan 20 foizga, öğit bozorida esa undan yuqoriroqqa baholanmoqda.