Rossiya bosqini boşlangan 24 fevral kunidan beri Ukrainada 6,5 mingdan ortiq tinç aholi halok böldi, 10,3 ming nafari yaralandi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi (IHOKB) hisobotida ma’lum qilindi.

Jumladan, 24 fevraldan 27 noyabrgaça Ukrainada 17023 nafar tinç aholi jabrlangan: 6655 kişi halok bölgan, 10368 nafari yaralangan.

Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan hududda 2002 jabrlangan röyxatga olingan: 460 kişi halok bölgan va 1542 kişi yaralangan.

Taşkilot hisobotida aytilişiça, Ukrainada 2601 erkak, 1783 ayol, 173 qiz bola va 209 öğil bola, şuningdek, jinsi noma’lum 37 bola va 1852 nafar katta halok bölgan.

Jarohat olganlar orasida 2245 nafar erkak, 1604 nafar ayol, 215 nafar qiz bola va 304 nafar öğil bola, şuningdek, jinsi noma’lum bölgan 250 nafar bola va 5750 nafar katta bor.