Xitoy politsiyasi Covid-19 pandemiyasi tufayli joriy etilgan lokdaunlar davom ettirilişiga qarşi namoyişga çiqqanlarni qölga olişda davom etmoqda. Xabarlarga köra, yakşanba kuni keçqurun ham poytaxt Pekinda, mamlakatning yirik şahri Şanhayda, şuningdek Nankin, Çendu, Uhan va boşqa joylarda namoyişlar davom ettirilgan. Aksiyalar iştirokçilari köçalarga oppoq qoğozlar kötarib çiqişmoqda, ularda şiorlar yozilmagan - şu tariqa ular senzura taqiqlarini çetlab ötişga harakat qilişmoqda.

Xitoyda ötgan hafta oxirida hukumatning kovidga qarşi kuraş çoralariga qarşi norozilik namoyişlari kuçaydi, namoyişlarda hukumatga qarşi siyosiy şiorlar ham yangray boşlagan.

Şanhay köçalariga minglab kişilar çiqqan. BBC muxbirlari odamlar politsiya maşinalari yöllarini tösib, ularni silkitişayotganiga guvoh bölişgan. Şuningdek Pekin va Nankin universitetlarida talabalar namoyiş uyuştirgan.

Şanhaydagi norozilik aksiyasi iştirokçilaridan biri BBC muxbiri bilan suhbatda köçada odamlarni körib «hayratga tuşgani va tölqinlangani»ni aytadi, uning sözlariga köra, bu Xitoyda şunday kölamdagi ilk namoyişlar.

Yana bir iştirokçi esa, ular politsiyaçilardan bu namoyişlarga qanday qaraşlarini söraşgani, ular esa bunga javoban «xuddi siz kabi» deyişganini aytadi. Ammo, uning aytişiça, ular forma kiyişgan va şu tufayli öz işlarini bajarişmoqda.

Boşqalar esa zöravonlik holatlari haqida aytişgan: namoyişçilardan biri Associated Press muxbiriga uning döstini politsiyaçilar kaltaklagani, yana ikkisiga qalampirli suyuqlik sepişganini aytgan.

Foto: EPA

BBC’ning Xitoydagi muxbirlari xabar qilişiça, ayrim namoyişçilar nafaqat kovid çeklovlarini olib taşlaşni, balki XXR raisi Si Jinpingning iste’fosini söraş orqali uşbu mamlakatga xos bölmagan tarzda siyosiy talablarni ham ilgari surmoqda. Bunga esa u olib borayotgan «nol bardoşlik» siyosati sabab bölib, u koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun aholini yoppasiga testdan ötkaziş, uzoq muddatli karantinlar va kutilmagan lokdaunlarni öz içiga oladi.

Xitoyning yirik şahri va mamlakat şarqidagi moliyaviy markaz hisoblangan Şanhayda odamlar oçiqçasiga «Si Jinping, ket!» va «Kommunistik partiya, yöqol!» şiorlarini ayta boşlaşdi.

Bunday şiorlar Xitoy uçun juda ğayrioddiy hisoblanadi, qoidaga köra, bu mamlakatda hukumat yoki davlat rahbariga qarşi qaratilgan töğridan töğri tanqid yaxşilik bilan tugamaydi.

Ammo tahlilçilar hisoblaşiça, hukumat, aftidan, Si Jinping nomi bilan boğlanadigan kovidga qarşi «nol bardoşlik» siyosatidan norozilik kuçayib borayotganini töğri baholay olmagan, mamlakat rahbari yaqinda bu siyosat bundan buyon ham davom ettirilişini ma’lum qilgandi.

Namoyişçilarning hisoblaşiça, çeklovlar ğarbdagi Urumçi şahrida 10 kişi ölimiga sabab bölgan yonğin vaqtida odamlarni qutqarişga xalaqit qilgan. Xitoy rasmiylari esa, qurbonlar soni köp bölişi lokdaun bilan aloqadorligini inkor etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan videoda Nankindagi universitetlardan birida ayol kişi qölida oq qoğoz tutib turgani, keyin uni olib ketişganini köriş mumkin. Şu kuni olingan boşqa bir rolikda önlab talabalar oq qoğozlar kötargança jim turgani körinadi. «Qoğozda, albatta, heç narsa yöq, ammo biz bu nimani anglatişini bilamiz», deydi BBC muxbiriga şanba kuni keçqurun ötkazilgan namoyiş iştirokçilaridan biri.

Ayrimlar allaqaçon bölayotgan voqealarni «oq qoğozlar inqilobi», yoki «A4 inqilobi» deb ataşmoqda.

Şanhayda bir neça namoyişçi hibsga olingani ma’lum. 28 noyabr kuni BBC’ning Şanhaydagi namoyişlarni yoritiş bilan şuğullangan muxbiri Ed Lourens qölga olingan. Xabar qilinişiça, qölga oliş çoğida uni kaltaklaşgan, keyin kişan taqib, bir neça soat mobaynida tutib turişgan.

Şanhayda kovid çeklovlariga qarşi namoyiş iştirokçilari qölga olinişi, 2022 yil 27 noyabr. Foto: AP

BBC öz xodimiga qilingan hujumdan xavotirda ekanini ma’lum qilgan. Korporatsiyaga köra, Xitoy rasmiylari jurnalist qölga olingani uçun işonçli tuşuntiriş bermagan va uzr söramagan.

Şanhaydagi namoyişlar joyida baland tösiqlar örnatilgan. Ammo rasmiy Pekin hozirgaça namoyişlar haqidagi xabarlarga munosabat bildirmadi.

Namoyişlar boşlanişi va kovidga qarşi «nol bardoşlik» siyosati

Dam oliş kunlarida Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Şinjon-Uyğur muxtoriyatining Urumçi şahrida qat’iy kovid çeklovlariga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari boşlangani aks etgan video tarqaldi. Xabarlarga köra, namoyişlarga 24 noyabr kuni köp qavatli uyda yonğin oqibatida 10 kişi halok bölgani sabab bölgan.

Urumçi köçalarida odamlar töplangani kadrlari internetda paydo böldi, ammo şanba kuni tongga kelib Xitoy internet segmentidagi bu haqdagi barça roliklar va xabarlar yöqolib qoldi.

Urumçi avgust oyida kovid çeklovlari obektiga aylangandi. Köp qavatli uydagi yonğin vaqtida şahar 100 kundan ortiq vaqt davomida qat’iy lokdaunda hayot keçirayotgandi.

25 noyabr kuni Urumçi aholisi ma’muriy bino oldida töplandi va kovid çeklovlarini bekor qilişni talab qila boşladi. Namoyişçilarning harakatlari aks etgan videoyozuvlar internetda tarqaldi.

Kadrlarda aksari tibbiy niqobda bölgan mahalliy aholi vakillari qoronği tuşganida şahar köçalarida yiğila boşlagani aks etgan. Şundan keyin hukumat vakillari bilan qarama-qarşilik boşlangan, odamlar «Kovid lokdaunlari tugasin!» deya hayqirişgan. Boşqa rolikda odamlar ortida şahar xizmatlari xodimlari turgan tösiqlarni buzib öta boşlagani aks etgan.

Köp ötmay ularning aksari öçirib yuborildi, ammo 26 noyabr kuni hokimiyat vakillari yon bera boşladi: şaharda koronavirus tarqalişi töxtagani e’lon qilindi va jamoa transporti faoliyati tiklandi.

Rasmiy Pekin kovidga qarşi «nol bardoşlik» siyosatini davom ettirmoqda. Ammo kasallaniş holatlari ösişdan töxtamayapti, mahalliy aholi tez-tez lokdaunlar tufayli norozilik bildira boşladi.

Boşqa mamlakatlar virus bilan yaşaşga könikiş uçun vaksinatsiyaga jiddiy e’tibor qaratayotganida, Xitoy har bir keyingi avj olişga nisbatan qat’iy çeklovlar joriy etiş bilan reaksiya qilmoqda, ayrim holatlarda birgina kasallaniş holati tufayli butun şaharlar töliq lokdaunga jönatilmoqda.

«Nol bardoşlik» siyosatiga köra, hukumat vaksinatsiyaga emas, keksa yoşli aholini ehtiyot qilişga e’tibor qaratadi. Ammo bu siyosat u qadar samarali bölmayapti - duşanba kuni Xitoyda 40 mingdan oşiq yangi kasallaniş holatlari aniqlangan. Şu tariqa, qatorasiga beşinçi kun butun pandemiya davridagi eng yuqori körsatkiçlar qayd etildi.

Hozirda kasallaniş holatlari soni pandemiyaning joriy yil aprelida qayd etilgan eng yuqori çöqqisidagidan köproq. Öşanda Xitoy hukumati Şanhay şahrini töliq karantinga yopib qöygan va ikki oy davomida 26 million kişi yaşaydigan şahar amalda töliq ihotalangandi. Öşanda şahar aholisi öz uylarida, ofislar yoki maxsus karantin markazlarida qamalib qolgandi. Ular bu joylarda haftalab qolib ketgan, oçlikdan azob çekişgan (yetkazib beriş xizmatlariga jiddiy yuklama tuşişi tufayli köpçilik uzoq vaqtgaça oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma bera olmagandi) va ilojsizlikdan öz uylari derazasidan baqirişgandi.

Hozirda 31 provinsiya rasmiylari kasallaniş holatlari haqida e’lon qilgan, ularning hududlarida bir qança ulkan megapolislar joylaşgan. Ular orasida poytaxt Pekin (22 milliondan ortiq aholi), mamlakat janubidagi yirik savdo şahri Guançjou (18,5 mln) va yana bir qança yirik şaharlar bor.

Pekin «nol bardoşlik» siyosati muvaffaqiyatli ekanini aytadi: xitoylik rasmiylarga köra, pandemiya boşidan buyon mamlakatda koviddan 5200 dan ortiqroq kişi vafot etgan. Ammo Xitoyning ölim holatlari soni böyiça statistikasi pasaytirib körsatilişi, xitoyliklarning vaksinalari esa — u qadar samarali emasligi, mamlakatda joriy etiladigan yoppasiga lokdaunlar esa iqtisodiyot ösişini sekinlaştirib, köproq odam vafotiga olib kelişini aytişadi. Sentyabr oyida Çendu şahrida aholiga zilzila vaqtida ham uydan çiqiş taqiqlangan, noyabrda esa Çjençjou şahrida tört oylik qizaloq vafot etgan, u kovidga çalingani gumon qilingani tufayli şifokorlar unga qaraş uçun borişdan boş tortişgandi.