Parda ortidagi xususiylaştiriş. Yirik aktivlar qanday qilib ofşor kompaniyalarga ötib ketmoqda?
|23:25 / 30.11.202257 21613 min
Özbekistonda xususiylaştirişning yangi tölqini ketyapti. 2025 yil oxirigaça davlat iştirokidagi korxonalar 75 foizga kamayişi kerak. Bu jarayonda qator yirik korxonalar heç bir tanlovsiz xususiy qöllarga topşirilyapti. Yuzdan ortiq neft-gaz konlari va bozorning yarmini nazorat qiluvçi sement zavodlariga ofşordagi kompaniyalar egalik qilmoqda.
Foto: DepositphotosFoto: Depositphotos
Oxirgi yillarda davlat korxonalarini xususiylaştiriş zarurligi köp bora ta’kidlandi. Çunki ular samarasiz, jamiyat uçun juda qimmatga tuşadi va iqtisodiy ösişga salbiy ta’sir körsatadi. Özbekistonda 2021–2025 yillar oraliğida davlat iştirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartiriş maqsad qilingan. Ammo sönggi paytlarda bu mavzu markazidagi munozarali jihat sotuvlar şaffofligiga işonç pastligi bilan boğliq holda keçmoqda.
Xususiylaştiriş nega kerak?
Xususiylaştirişdan maqsad davlat aktivlarini eng yuqori narxlarda mulkdorlarga topşirişdan iborat. Mulkdor mulkni qança qimmatga olsa, tabiiyki, tikkan pulini qaytarib oliş uçun undan şunça samarali foydalanadi.
Davlatning iqtisodiyotda yuqori darajada iştirok etişi özaro raqobatga xalaqit beradi, monopoliya va korrupsiyani urçitadi.
Boşqaruv samaradorligi yuqori bölmagan, faqat zararga işlaydigan davlat korxonalarini xususiylaştiriş birinçi galda budjet uçun muhim. Xarajatlarni kamaytiradi, bu esa budjet pulini boşqa muhimroq narsalarga sarflaşga imkon beradi.
Şuningdek, mulkni davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi, davlat mulkidan yanada samarali foydalaniş, iqtisodiyotga davlat aralaşuvini çeklaş va xususiy sektor uluşini kengaytiriş vositasi hisoblanadi.
Masalan, UzAuto Motors içki bozordagi mavjud talabni töliq qondira olmayapti, işlab çiqarayotgan avtomaşinalarining narxi va sifati böyiça ham xaridorlarda turli xil savollar bor. Şu bilan birga, kompaniyaga berilgan imtiyozlarning soni, muddati va turfa xilligining çegarasi yöqdek. Uning örniga mamlakatda xususiy kompaniyalar köpaysa, ham raqobat ortadi va sifat yaxşilanadi, ham davlat budjetiga soliq tuşumlari oşadi.
Şifoxonalarni sotib yuboriş – bu qanaqa xususiylaştiriş?
Mavzuga oid
Xususiylaştirişning yana bir asosiy maqsadlaridan biri – samaradorlikni oşiriş. Bu jarayonning adolatli va şaffof bölişida undagi elementlar judayam muhim. Ammo bugungi kunda mamlakatda amalga oşirilayotgan sub’yektiv “özbekça” xususiylaştiriş bir qança savollarni yuzaga keltirmoqda. Ya’ni byurokratlarning sub’yektiv fikri va aqliga tayanilib, korxonalar tanlanmoqda va sotilyapti.
Bunga eng ayançli oxirgi misollardan biri – Respublika onkologiya markazi hamda uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari binolarining sotuvga qöyilişi. Toşkentning xaridorgir nuqtalarida joylaşgan bu uçta şifoxonaning umumiy maydoni 17 gektar. Uçala obekt böyiça ham auksion bir kunda – 12 dekabrda ötkaziladi. Onkologiya şifoxonalari şahar çekkaroğida qurilayotgan yagona kompleksga köçiriladi. Olmazor tumanida qurilayotgan kompleks keyingi yil may oyida işga tuşirilişi aytilyapti. Uning qurilişi uçun 600 mlrd söm ajratilgan. Bu 53 mln dollardan köproq mablağ degani. Bunaqa katta qiymatdagi davlat buyurtmasini olgan quruvçi kompaniya ham albatta begona emas: oxirgi yillarda Toşkentdagi qurilişlar böyiça milliardlab sömlik davlat buyurtmalarini tendersiz olayotgan Mimar Group.
Şifoxonalarni köçirilişi ham, onkologiya kompleksi qurilişi Mimar Group'ga berilişi ham hukumatning yopiq qarorlari bilan bölyapti.
“Qizilqumsement” keysi. Şubhali xususiylaştiriş oxir-oqibat barbod bölgan bölişi mumkin
Özbekistonda davlat mulklarining xususiylaştirilişi sub’yektiv tarzda amalga oşirilgan boşqa bir qança keyslarni ham körib çiqişimiz mumkin. Davlat xizmatçilari qaysidir mulk aynan qaysidir korxonaga berilişini belgilaşgan va jamoatçilik boşqa potensial xaridorlar haqida ma’lumotga ham ega bölmagan.
Jumladan, eng yirik sement zavodlarining xususiylaştirilişi. Bundan bir yil oldin “Qizilqumsement” ustav kapitalidagi 86,92 foiz davlat uluşi 1,89 trillion sömga United Cement Group'ga (Kiprda röyxatdan ötgan ofşor kompaniya) sotilgan edi. Şundan keyin Fusion Wealth Management Ltd kompaniyasi menejyeri Maykl MakGofi Linkiden'dagi sahifasida “Qizilqumsement”ning xususiylaştirilişi böyiça fikrlarini bildirib, uşbu jarayon şaffof tarzda amalga oşmaganini tanqid qilgandi.
“2021 yilning oxirida zavodning har bir aksiyasi uçun 6500 söm taklif etilayotgandi, biroq narx 4859 söm etib belgilangan. Bu bozor narxiga nisbatan 20 foiz arzonroq va mantiqqa töğri kelmaydi.
Firmani boşqariş imkoniyati juda qimmatga tuşişi sababli bu kabi oldi-sotdilar joriy narxlardan ança yuqori qiymatlarda sodir böladi. Ammo “Qizilqumsement” bilan buning teskarisi böldi. Xarid qilayotgan firma zavodni bozor narxiga nisbatan ham ança çegirma bilan olgan”, – deya yozgandi investorning vakili, savdo u suhbatlaşgan boşqa investorlar uçun ham juda ajablanarli bölganini qöşimça qilgan holda.
Ötgan davr mobaynida “Qizilqumsement”ga egalik qiliş böyiça yana ba’zi özgarişlar bölgan bölişi mumkin. 29 noyabr holatiga, zavodning 64,1 foiz uluşi aksiyadorlarga, 35,9 foiz uluşi davlatga tegişli ekani keltirilgan (ötgan yili 86,92 foiz davlat ulişi xususiylaştirilgani e’lon qilingandi). Kun.uz Davlat aktivlarini boşqariş agentligi axborot xizmati bilan boğlanib, “United Cement Group bilan tuzilgan şartnoma bekor qilinib, qayta tuzilganmi?” degan savol bilan murojaat qildi.
Davaktiv axborot xizmatining ma’lum qilişiça, şartnoma şartlarida sotib oluvçi tomonidan şartnoma qiymatini bölib-bölib tölaş amaldagi qonunçilik doirasida amalga oşirilişiga kelişilgan.
Bunda, “United Cement Group” kompaniyasiga şartnoma doirasida belgilangan grafikka asosan amalga oşirgan töloviga mutanosib ravişda uluş qismi ötkazib borilmoqda.
Şuningdek, boşqa yirik 2ta sement zavodlari “Quvasoysement” va “Bekobodsement”ning katta uluşiga ham Kiprda United Cement Group bilan bir xil manzilda röyxatdan ötgan “Raybirid limited”, “Rayblock limited” hamda “Rayeross limited” kompaniyalari egalik qilmoqda.
“Bozorning yarmini nazorat qiladigan uçta sement zavodining bitta kompaniyaga ötişi mamlakatdagi raqobat muhitiga ziyon keltiruvçi omil hisoblanadi. Bundan taşqari, sement zavodlarining egaligi böyiça keyingi bitimlarning Özbekistondan taşqarida turib amalga oşirilişiga zamin yaratadi”, – deya yozgandi iqtisodçi Otabek Bakirov.
Yuzdan ortiq konlar qanday qilib xususiy kompaniyaga ötib ketgan?
Yana bir toifa “xususiylaştiriş” borki, ulardagi ikkinçi tomon rasman “xorijiy investor” deb ataladi, aslida esa ofşorda kompaniya oçgan özbekistonliklarga borib taqaladi.
Odatda xususiylaştirilayotgan aktivlarga talabgorlar oçiq-oydin aytiladi. Konkurs bölsa konkurs töğrisida, auksion bölsa, auksion töğrisida jarayon boşlanmasidan avval jamoatçilikka ma’lum qilinadi. Şartlari oydinlaştiriladi. Ammo yuzdan ortiq neft-gaz konlari oxirgi ikki yilda qanday qilib xususiy kompaniya bölmiş “Sanoat energetika guruhi”ning qöliga ötib qolgani haligaça noma’lum.
2022 yil may oyidagi rasmiy ma’lumotga köra, kompaniya Özbekistonda yer qa’ridan foydalaniş huquqiga ega 103 ta konga egalik qiladi. Mamlakatdagi neft qazib olişning taxminan 80 foizi, tasdiqlangan gaz zaxiralarining esa taxminan 22 foizi Saneg (kompaniyaning rebrendingdan keyingi yangi nomi) hissasiga töğri keladi.
Avval davlatning “Özbekneftgaz” şirkatiga qaraşli bölgan bunday yirik aktivlar qanday qilib xususiy kompaniya qöliga ötib qolganini Özbekiston rasmiylari oçiqlamagan. Bu konlar tekinga berib yuborilgani ehtimoli ham inkor etilmagan.
Bu jarayon 2017 yili taşkil etilgan Jizzakh Petroleum'ga borib taqaladi. Öşanda yangi qöşma korxonaning 60 foiz uluşi “Özbekneftgaz”ga, 40 foizi esa bilvosita “Gazprom”ga tegişli bölgan. Bu ikki ta’sisçi Jizzaxda neftni qayta işlaş zavodi qurmoqçi edi. Bu loyiha amalga oşmay qolgaç, korxonaning 98 foiz uluşi 2020-2021 yillarda bosqiçma-bosqiç Belvor holdingiga ötdi. Buning barobarida Jizzakh Petroleum nomi “Sanoat energetika guruhi” deya özgartirildi.
Belvor holdingi ham Kiprda röyxatdan ötgan bölib, özbekistonlik tadbirkor Baxtiyor Fozilovga tegişli. Fozilov, şuningdek, Özbekistonda burğilaş böyiça asosiy pudratçi bölmiş Eriell neft konlariga xizmat körsatiş kompaniyasiga ham egalik qiladi.
Saneg esa neft va gaz qazib olişdan taşqari, benzin, dizel, neft, aviatsiya kerosini kabi mahsulotlarni işlab çiqaradi. Şu yil bahorda Farğona neftni qayta işlaş zavodi ham şu kompaniyaga sotilgan edi.
“Talimarjon” IES sotildimi yo sotilmadimi?
Issiqlik elektr stansiyalarini xususiylaştiriş yoki işonçli boşqaruvga beriş borasida ham köpgina savollar bor. Joriy yilning 9 sentabr kuni Investitsiyalar vazirligi Birlaşgan Arab Amirliklarining Mubadala va TAQA kompaniyalari bilan “Talimarjon” IESni boşqaruvçi qöşma korxona tuzib, stansiyaning 80 foiz uluşi şu kompaniyalarga berilişini közda tutuvçi bitim imzolagan. Ötgan yili 1,1 trln söm sof foyda körgan davlatning bu katta aktivi xususiylaştirilişi yoki işonçli boşqaruvga berilganiga haligaça aniqlik kiritilmay kelinmoqda.
Avvalroq, yirik issiqlik stansiyalaridan yana ikkitasi – “Yangi Angren” IES va “Angren” IES “Central Asia Energy” MÇJga işonçli boşqaruvga topşirib yuborilgandi. Bu kompaniyaga Qozoğistonda röyxatdan ötgan “Gorniye raboti” egalik qiladi. Ikki örtada qanaqa rasmiy va norasmiy majburiyatlar va kelişuvlar bölgani haligaça noma’lum. Ammo Davlat aktivlarini boşqariş agentligi ma’lumotlariga köra, 2021 yilni “Angren IES” 87,6 mlrd söm, “Angren issiqlik energiyasi korxonasi” DUK 68,3 mlrd söm moliyaviy zarar bilan yakunlagan.
Xususiylaştiriş şaffof bölmasa, borgan sari köproq aktivlar arzonroqqa sotilaveradi
Uzcard'dagi 75 foizlik davlat uluşi 210 mlrd sömga sotilgani ham ayrim e’tirozlarni keltirib çiqardi. Davlat bu kompaniyani xususiylaştirmoqçi ekan, uni qimmatroqqa sotiş uçun MÇJdan AJga aylantirişi, şu tariqa 25 foiz uluşga ega xususiy uluşdorlarning eksklyuziv huquqini aylanib ötişi kerak emasmidi?
Toşkent şahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining 100 foizlik davlat uluşi Abu Dhabi Uzbek Investment investitsiyaviy fondi tomonidan 87 million dollar evaziga sotib olingani ijtimoiy tarmoqlarda turliça qabul qilindi. Mehmonxona 2013-2016 yillar oraliğida qurilgan va loyiha qiymati taxminan 205 million dollarni taşkil etgan.
Şaffof va oçiq bozorda röy bermagan xususiylaştiriş holatlari samarali sarmoyalarning kamayib borişiga olib keladi. Xususiylaştiriş natijalariga jamiyat tarafidan şubha uyğonadi, natijada davlat obektlarini olgan sarmoyadorlar yetarliça sarmoya kiritişmaydi, çunki mulk ustidagi haqlari şubhali ekanini özlari yaxşi tuşunişadi.
Yomon reputatsiya potensial investorlarning savdolarda iştirok etişi va Özbekistonga pul kiritişiga tösqinlik qiladi. Bu esa soğlom raqobatni çeklaydi. Natija davlat aktivlarining past narxlarda özimizning qoraközlarga turli xil imtiyozlar bilan qöşib sotilişiga olib kelişi mumkin.
“Özbekistonda oligarxiya vujudga kelişi xavfi yuqori”
Jahon banki hisobotida yozilişiça, 2025 yilga borib Özbekistonda jamiyat manfaati emas, yakka öz manfaatini közlovçi şaxslarning hokimiyatni egallab oliş xavfi yuqori çöqqiga çiqişi mumkin.
Xalqaro ekspertlarning possovet davlatlari tajribasidan kelib çiqib xulosa qilişiça, oligarxlar ta’sirining oşişida yerni va davlat korxonalarini xususiylaştiriş jarayonlari asosiy örin tutadi.
Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasining Özbekistonga taşrifi yakunlari böyiça qilgan oxirgi xulosalariga köra, xususiylaştiriş töğrisidagi yangi qonun xususiylaştiriş jarayonining şaffof va raqobatli ötişiga yordam berişi kerak. Xususan, yirik quriliş va infratuzilmaviy loyihalarda manfaatlar töqnaşuvini kamaytirişni közda tutuvçi benefitsiarlikka oid talablarni kuçaytiriş orqali boşqaruv tizimini yaxşilaş lozim.
Umuman olganda, Özbekistondagi xususiylaştiriş jarayonlaridagi asosiy maqsad davlat tasarrufidagi mulkni iloji boriça köproq samara beradigan taşkilot va insonlarga imkon qadar qimmat narxlarda berişdir. Bu şaffof va raqobat tamoyillari asosida keçişi lozim. Bunda albatta jamoatçilik iştiroki kerak. Lekin bu böyiça aytarli ijobiy jihatlar mavjud emas.