«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MÇJ (Uzcard) yana xususiy kompaniyaga aylandi. Undagi 75 foiz davlat uluşi kompaniyaning qolgan 25 foiziga egalik qilgan Kamron Akbarov, Timur Azadov, Mansur Usmonov va Obid Ağzamxöjayevga ötkazildi. Endi ularning har biri kompaniyada 25 foizlik uluşga ega.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, xususiylaştiriş böyiça bitimlar qiymati baholovçi kompaniya xulosasiga asosan jami 210,1 mlrd sömni taşkil etgan.

Kompaniyadagi davlat uluşini sotib olişda boşqa ta’sisçilar “Mas’uliyati çeklangan va qöşimça mas’uliyatli jamiyatlar töğrisida”gi qonunga muvofiq imtiyozli huquqdan foydalangan.

“Jamiyatning ustav fondidagi 75 foiz davlat uluşi jamiyatning qolgan 4 nafar iştirokçilari tomonidan, imtiyozli huquqdan foydalangan holda, öz uluşlarining miqdoriga mutanosib ravişda har biriga 18,75 foizdan Özbekiston Respublikasining “Baholaş faoliyati töğrisida”gi qonuni hamda Mulkni baholaş milliy standartining talablariga muvofiq, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan jalb etilgan mustaqil baholovçi "Real Excellent Valuation" MÇJ tomonidan baholangan qiymatda, jamiyatning ustav kapitalidagi davlat uluşini sotib oliş istagi bildirilgan.

Şunga köra, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MÇJning 75 foiz davlat uluşini jamiyatning qolgan 4 nafar iştirokçilariga öz uluşlarining miqdoriga mutanosib ravişda baholangan qiymatda, jami 210,1 mlrd sömga sotiş yuzasidan oldi-sotdi şartnomalari imzolangan.

Öz navbatida, mazkur şartnomalarga muvofiq, joriy yil sentabr oyida Davlat aktivlarini boşqariş agentligining xususiylaştiriş jamğarmasiga kelib tuşgan uşbu mablağlar qonunçilikda belgilangan tartibda taqsimlangan”, – deyiladi “Davaktiv” axborotida.

E’tiborlisi, ötgan oyda röy bergan xususiylaştiriş haqida oktyabr oyi örtasiga kelib, bu borada ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlardan keyingina ma’lumot bermoqda.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning may oyida tadbirkor Oybek Tursunov Uzcard'ning 75 foiz uluşiga egalik qiliş huquqini qölga kiritgandi