“Farğona neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ ustav fondidagi 100 foiz davlat uluşi 100 mln dollarga “Sanoat Energetika Guruhi” MÇJ XKga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ma’lum qildi.

Rasmiy e’londa, bu kompaniya oçiq savdo ğolibi deb tanlanişiga “belgilangan malaka talablariga muvofiqligi”, “hudud neft va gaz sanoatidagi katta tajribasi”, “zavod faoliyati uçun zarur bölgan xomaşyo konlarining mavjudligi” va “korxonaning bahosidan yuqori sotib oliş narxini taqdim etgani” sabab bölgani qayd etilgan.

Bitim doirasida xaridor quyidagi majburiyatlarni öz zimmasiga oladi:

  • zavodni modernizatsiya qiliş orqali zamonaviy va ekologik toza benzin, Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilğisi, Jyet a-1 reaktiv yoqilğisi va suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqarişni köpaytiriş;
  • neft agregatlarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, işlab çiqariş quvvatini kamida 2 million tonnaga oşiriş;
  • yuqoridagi maqsadlar uçun 380 mln dollardan ortiq investitsiya kiritiş.

“Sanoat Energetika Guruhi” MÇJ kimga tegişli?

2017 yil iyun oyida “Özbekneftgaz” (uluşi – 60 foiz) va “Gas Project Development Central Asia” (“Gazprom International” şu’ba korxonasi, uluşi – 40 foiz) tomonidan “Jizzakh Petroleum” qöşma korxonasi taşkil etiladi. Keyinroq, “Özbekneftgaz” hukumatdan qöşma korxonadagi uluşini 30 foizgaça kamaytirişni sörab murojaat qiladi. Xorijiy ta’sisçilarning uluşi esa 70 foizgaça oşiriladi.

2020 yilning iyun oyi holatiga köra, “Jizzakh Petroleum” ta’sisçilari röyxati quyidagiça köriniş oladi: Kiprda röyxatdan ötgan “Belvor Holding Limited” kompaniyasi (68 foiz), “Özbekneftgaz” (30 foiz) va “Gas Project Development Central Asia” (2 foiz).

2021 yilning oktabr oyida esa “Özbekneftgaz” “Jizzakh Petroleum” ta’sisçilari tarkibidan butunlay çiqdi