Qisman safarbarlik doirasida, ikki oy içida 300 mingdan ortiq zaxiradagi askarlar va köngillilar öqitildi, dedi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu. Ularni tayyorlaşga 3 mingga yaqin instruktor jalb qilingan.
«Ikki oy davomida 300 mingdan ortiq zaxiradagi askar, jumladan, köngillilar öqitildi. Öquv markazlarida sakkiz mingga yaqin jangovar texnika va tank ekipajlari, artilleriya tizimlari ekipajlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, uçuvçisiz samolyotlar va elektron uruş tizimlari, aloqa vositalari mutaxassislari tayyorlandi», — dedi Şoygu.
Vazirning sözlariga köra, safarbar qilinganlarni tayyorlaşga 3 mingga yaqin instruktor jalb qilingan, Rossiya va Belarusdagi 100 dan ortiq poligondan foydalanilgan.
«Harbiy xizmatçilar jangovar va maxsus topşiriqlarni muvaffaqiyatli bajariş uçun zarur bilim va könikmalarga ega böldi», – dedi Şoygu.
Noyabr oyida prezident Vladimir Putin qisman safarbarlik doirasida 318 ming rossiyalik armiyaga çaqirilganini ma’lum qilgan edi. Uning sözlariga köra, köngillilar tufayli 300 ming kişini çaqiriş haqidagi dastlabki reja ortiği bilan bajarilgan.
«Safarbar qilinganlardan 49 ming kişi armiya safida jangovar vazifalarni bajarişga jönatildi. Qolganlari maşğulotlarda qatnaşmoqda», degan edi Putin.













