Tadbirda YeXHT amaldagi raisi, boş kotibi, parlament assambleyasi prezidenti, taşkilotga a’zo mamlakatlar taşqi işlar vazirlari iştirok etdi.
Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norov öz nutqida xavfsizlik va farovonlik yölidagi umumiy maqsadlarga erişiş uçun YeXHT doirasida qarama-qarşilikdan voz keçiş va özaro ayblovlarga ötib ketmaslik zarurligini ta’kidladi.
Tomonlar örtasida işonçli aloqalarni örnatiş uçun muloqot platformasini saqlab qoliş zarurligi qayd etildi.
Özbekiston taşqi işlar vaziri ta’kidlaşiça, davom etayotgan kelişmovçiliklar yoki mojarolarga qaramay, özaro hurmat va taşkilot asosiy tamoyillariga sodiqlikni kuçaytirişga intilib, umumiy oqilona yeçimlarni izlaş zarur.
Vladimir Norov taşkilot faoliyatini takomillaştiriş ayrim masalalariga ham töxtalib ötdi. Mamlakat taşqi işlar vaziri ötgan yili Stokholmda YeXHT vazirlar kengaşi iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarga qarşi kuraşişda hamkorlikni mustahkamlaş töğrisidagi qarori qabul qilinganini yuqori baholadi.
«YeXHTni tölaqonli taşkilotga aylantiriş jarayonini yakunlaş kerak. Nizom qabul qiliş, ijro tuzilmasini töliq takomiliga yetkaziş, taşkilot doirasida qarorlar qabul qiliş şaffof va nazorat qilinadigan mexanizmini işlab çiqiş zarur», — dedi Vladimir Norov.












