Joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Samarqandda Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Mixail Mişustin raisligida Rossiya-Özbekiston biznes-forumi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, tarmoq birlaşmalari va uyuşmalar rahbarlari, şuningdek, 500 dan ortiq yetakçi kompaniya va korporatsiyalar vakillari iştirok etdi.
Forumda ikki mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yönalişlarida, jumladan, avtomobilsozlik, kimyo va töqimaçilik sanoati, qişloq xöjaligi va farmatsevtika, quriliş materiallari işlab çiqariş va boşqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Şuningdek, forum doirasida ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari örtasida uçraşuvlar taşkil etilib, ularda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va özaro manfaatli savdo şartnomalarini tuziş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlarning transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdorligi bildirildi. Joriy yilda yuk taşiş hajmi 21 foizga oşgani, bunda tranzit yuk taşişlar salmoği 25 foizga köpaygani qayd etildi. Şu bilan birga hududlar orqali tranzit yuk taşişda işonçli transport-logistika zanjirlarini şakllantiriş böyiça hamkorlikni davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.
Majlis yakuniga köra, özaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan öndan ortiq hujjat imzolandi.












