Qöşma Ştatlar Kiyevning Rossiya hududiga zarbalarini «rağbatlantirmagan» va Ukraina tomoniga ularni amalga oşiriş imkoniyatini bermagan. Bu haqda 6 dekabr, seşanba kuni AQŞ Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken hujumni tanqid qilmasdan ma’lum qildi.

U, şuningdek, Qöşma Ştatlar «ular (Ukraina rasmiylari) – dunyodagi boşqa köplab hamkorlar kabi – özlarini himoya qiliş, öz hududlarini himoya qiliş, erkinliklarini himoya qiliş uçun zarur bölgan uskunalarga ega bölişiga işonç hosil qiliş» niyatida ekanini ta’kidladi.

AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays kundalik brifingda şunday pozitsiyani bildirdi: «Biz Ukrainaga öz çegaralaridan taşqarida zarba beriş imkoniyatini taqdim etmayapmiz. Biz Ukrainani öz çegaralaridan taşqarida zarba berişga undamayapmiz». «Biz qilayotgan hamma narsa, butun dunyo Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun qiladigan hamma narsa Ukraina mustaqilligi, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaş uçun amalga oşiriladi, - dedi Prays. - Biz Ukrainaga öz suveren hududida, Ukraina zaminida Rossiya tajovuzkorlarini daf qiliş uçun foydalanişi kerak bölgan narsalarni beramiz».

Vaşington Rossiya tomonidan annexia qilingan Ukraina hududlariga uruş boşlanişidan oldin va keyin turliça yondaşyaptimi, degan savolga Ned Prays şunday javob berdi: «Bu - Ukraina hukumatiga savol. Bu - AQŞ hukumati uçun savol emas».

Ayni paytda AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Vaşington Ukrainaning uzoq masofali qurollarga ega bölişining oldini oliş uçun «mutlaqo heç narsa» qilmayotganini ta’kidladi.

Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar Ukraina qöşinlarini qattiq yonilğida 300 kmgaça masofaga uçadigan «yer-yer» sinfidagi taktik ballistik raketalar - ATACMS bilan ta’minlaşdan boş tortmoqda.

5 dekabr kuni Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Dyagilevo va Saratov viloyatidagi Engels aerodromlariga uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA) yordamida hujum uyuştirildi. Ertasi kuni Kursk gubernatori Roman Starovoyt Kursk viloyatidagi aerodrom yaqinida uçuvçisiz uçoq zarba bergani, natijada «neft ombori yonib ketgani» haqida xabar berdi. Rasmiy Kiyev sodir bölgan voqea uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi.

The New York Times gazetasining yozişiça, Ryazan viloyatidagi Dyagilevo va Saratov viloyatidagi Engels aerodromlariga hujum qilgan dronlar Ukraina hududidan uçirilgan. Zarbalarning kamida bittasi baza yaqinida joylaşgan va dronlarni nişonga yönaltirişga yordam bergan Ukraina maxsus kuçlari yordamida amalga oşirilgan, deb ta’kidladi NYT manbasi.

Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, zarbalar sovet ittifoqida işlab çiqarilgan reaktiv dronlar tomonidan amalga oşirilgan - göyoki Rossiya harbiy-rokosmik kuçlarining uzoq masofali aviatsiyasi samolyotlarini yaroqsiz holga keltiriş maqsadida.

Volga federal okrugidagi Engels aerodromi Tu-160 tovuşdan tez strategik raketa taşuvçi bombardimonçi samolyotlar, şuningdek, Tu-95 turbovintli strategik raketa taşuvçi bombardimonçilar uçun baza hisoblanadi. Tu-95MS Rossiya yadro triadasining tarkibiy qismidir. Ukraina tomoni fikriça, bu aerodromdan Ukraina infratuzilmasiga zarba beriş uçun samolyotlarni uçiriş maqsadida foydalaniladi.

Dyagilevo aerodromi Moskvadan 200 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Obektlar Ukraina bilan çegaradan taxminan 483-724 kilometr uzoqlikda va Ukraina arsenalidagi raketalar uçiş masofasidan taşqarida, deya ta’kidladi NYT.

Kursk aeroporti şahar içida, şahar markazidan 7 km şarqda joylaşgan. Undan Ukraina çegarasining eng yaqin nuqtasigaça - taxminan 100 kilometr.