Toşkent xalqaro aeroportida Air Arabia kompaniyalar guruhi ijroçi direktori Adel Al Ali iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.

«Biz Abu-Dabidan Toşkentga töğridan töğri reyslar yölga qöyilganini e’lon qilamiz va bizni qöllab-quvvatlagan barça hamkorlarimizga minnatdorçilik bildiramiz. Hozirda kompaniyamiz tomondan Şarjaga haftasiga olti marta reyslar amalga oşirilmoqda, endilikda Abu-Dabiga haftasiga ikkita reys qöşilmoqda. Biz faoliyat yuritadigan har bir mamlakatda heç bölmaganda kunlik reyslarni ta’minlaşga intilamiz. Bu mobillikni oşiradi va potensial yölovçilarimiz uçun köproq imkoniyatlar yaratadi», — dedi Adel Al Ali.

«Air Arabia 2020 yildan beri bizning hamkorimiz. Asta-sekin parvozlar çastotasini oşirmoqdamiz. Joriy yil noyabr oyida Namangandan Şarjaga reyslarni oçdik. Bugun yangi Abu-Dabi — Toşkent — Abu Dabi yönalişini oçmoqdamiz. Bu biz uçun ham, aviakompaniya uçun ham juda muhim voqea», — dedi Uzbekistan Airports boşqaruvi raisi örinbosari Bahodir Mirusmonov.

Abu-Dabi — Toşkent — Abu Dabi yönalişi böyiça yölovçi reyslari muntazam ravişda çorşanba va şanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oşiriladi. 

Air Arabia — ştab-kvartirasi Şarjada (BAA) joylaşgan arab arzon aviakompaniyasi bölib, Şarja va Aleksandriya aeroportlaridan, şuningdek, Marokaşdagi törtta aeroportdan Yaqin Şarq, Janubi-Şarqiy Osiyo, Yevropa, MDH va boşqa mamlakatlarga yölovçi taşuvlarini amalga oşiradi.