Ukrainaga qarşi uruş olib boriş uçun Kremlning xarajatlari oşib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 dekabrda imzolagan 2023 yil uçun federal budjet qonunida armiya, xavfsizlik xizmatlari va politsiyaga sarflanadigan xarajatlar 9 trillion rubldan (143 milliard dollar) oşadi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 11 dekabr, yakşanba kuni özining kundalik hisobotida bu miqdor ötgan yillarga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi va Rossiya Federatsiyasi butun budjetining 30 foizdan ortiğini taşkil etişini bildirdi.

Şu bilan birga, Britaniya harbiy idorasi Rossiya Federatsiyasining kelgusi yil uçun bunday budjetini başorat qilingan daromad va xarajatlarni hisobga olgan holda juda optimistik deb hisoblaydi. Şu munosabat bilan, deyiladi şarhda, uruş xarajatlarini qöllab-quvvatlaş zarurati tufayli Rossiya budjetining harbiy bölmagan qismlariga yuklama ortişi mumkin.

Rossiya budjetida harbiylarga tegişli bölişi mumkin bölgan xarajatlar turli moddalarga bölingan va ularning bir qismi maxfiylaştirilgan. Noyabr oyi oxirida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu 2023 yilda davlat mudofaa buyurtmasini moliyalaştiriş hajmi qariyb bir yarim barobarga oşişini ma’lum qilgan edi. Şoygu xarajatlarning uşbu bandiga budjetdan qança mablağ ajratilişi rejalaştirilganiga aniqlik kiritmadi.

Forbes'ning ukrainça versiyasi Ukrainaga bosqin boşlanganidan beri töqqiz oy içida Rossiya uruşga 82 milliard dollar, ya’ni yillik budjet daromadlarining çorak qismini sarflagani haqida xulosa qilgan. Forbes ukrainalik harbiylar taqdim etgan oçiq ma’lumotlarga asoslanib hisob-kitob qildi.