Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalar böyiça maxsus vakil tayinlaydi. 12 dekabr, duşanba kuni Financial Times'ning manbalarga tayanib xabar berişiça, u YeIning AQŞdagi sobiq vakili Devid ÖSallivan böladi. Uning vazifasi butun dunyo böylab Yevropa Ittifoqining Ukrainaga qarşi uruş uçun qöllagan jazo çoralariga qat’iy rioya qilişni ta’minlaşdan iborat böladi.

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar böyiça maxsus vakili Turkiya kabi davlatlar Rossiyaning Yevropa çeklovlarini çetlab ötişiga yöl qöymasligini ta’minlaşi kutilmoqda. Naşrning yozişiça, AQŞ va Yevropa Ittifoqi Anqaradan sanoat va mudofaa mahsulotlari eksporti ustidan qattiq nazoratni çetlab ötişga urinayotgan kompaniyalar tomonidan Rossiyaga taqiqlangan mahsulotlar yetkazib berilişiga qarşi çora körişni talab qilmoqda. Bundan taşqari, FT manbasiga köra, bu borada Serbiya va Birlaşgan Arab Amirliklari Bryusselning diqqat markazida bölgan.

Yevropa Ittifoqining yuqori martabali mulozimiga köra, Yevrokomissiya 13 dekabrdayoq yangi lavozimni belgilaş töğrisida qaror qabul qilişi mumkin. Devid ÖSallivan 2023 yilning yanvarida lavozimni egallaşi mumkin. Devid ÖSallivan hozirda Irlandiyadagi Xalqaro va Yevropa munosabatlari instituti tahlil markaziga rahbarlik qiladi.

12 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari Rossiyaga qarşi töqqizinçi sanksiyalar paketini muhokama qildi. Avvalroq Yevrokomissiya uning tarkibiga 200 ga yaqin rossiyalik kompaniya va jismoniy şaxslar, şuningdek, uçta bank kirişi haqida xabar bergan edi.