Yevropol Magnitskiy işi böyiça Ispaniya tergovining muvaffaqiyati haqida xabar berdi: bir guruh rossiyaliklar va bir qator soxta kompaniyalar aniqlandi, ular orqali Yevropada pullar yuvilgan va Ispaniya köçmas mulkiga sarmoya kiritilgan. 

Yevropol Kanar orollarida «Magnitskiy işi» deb nomlangan iş böyiça asosiy gumondor hibsga olinganini e’lon qildi. Yevropa mahkamasining 14 dekabr, çorşanba kuni xabar berişiça, Ispaniya hukumati Yevropol va Yevropa adliya idorasi kömagida Rossiya budjetining öğirlangan jami 219 million yevrolik mablağlarini Yevropada yuviş bilan şuğullangan jinoiy guruhni topişga muvaffaq böldi. 

Bayonotda aytilişiça, Kanar orollarida qölga olingan şaxs 2009 yilda vafot etgan rossiyalik huquqşunos Sergey Magnitskiy şuğullangan suriştiruvda jinoiy sxemaning markaziy qismi bölgan. Tergov ma’lumotlariga köra, jinoiy tarmoq Yevropa banklari hisobraqamlari orqali millionlab yevro ötkazib, söng ularni köçmas mulk sotib oliş uçun Ispaniyaga jönatgan. Ayni damda bu mamlakatda jami 25 million yevroga teng 75 ta mulk musodara qilingan, deya xabar berilgan qöşimça ravişda. 

Yevropol tomonidan ta’kidlanganidek, ispan tergovçilari öğirlangan mablağlarning bir qismi Ispaniya köçmas mulkiga qanday qilib sarmoya sifatida kiritilganini aniqlaşga muvaffaq bölişdi. «Bir guruh şaxslar aniqlandi - ularning barçasi Ispaniya bilan deyarli aloqasi bölmagan yoki umuman aloqasi bölmagan Rossiya fuqarolari, şuningdek, real iqtisodiy faoliyatga ega bölmagan bir qator soxta kompaniyalar topildi», - deya xabar berdi Haagadagi idora. 

Britaniyalik tadbirkor Uilyam Brauder asos solgan va boşqargan Hermitage Capital Management fondining 37 yoşli huquqşunosi 2009 yilda Moskvadagi tergov izolyatorida vafot etgan. Sergey Magnitskiy IIV va prokuratura xodimlarini qölga kiritgan materiallardan foydalangan holda davlatdan 230 million dollardan ortiq pul öğirlaşda ayblagani uçun Rossiya prokuraturasining soliq tölaşdan böyin tovlaganlik ayblovlari yuzasidan u yerga joylaştirilgan. 

2012 yilda Qöşma Ştatlarda «Magnitskiy qonuni» qabul qilingan bölib, u avvaliga tergov izolyatoridagi huquqşunosning ölimiga aloqador şaxslarga, söngra inson huquqlarining qöpol buzilişida aybdor bölgan boşqa şaxslarga nisbatan qöllanilgan. Qöşma Ştatlardan keyin bir qator boşqa davlatlar va Yevropa Ittifoqi ham xuddi şunday «Magnitskiy aktlarini» qabul qildi.